Transplantatsiya haqida Transplantatsiya tarixi
Download 435.5 Kb.
|
Oxta transplantatsiya
Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Yurak transplantatsiyasi juda ham qiyin transplantatsiya operatsiyalaridan bo’lib, birinchi marta 1967-yil muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan, lekin bemor 18 kundan keyin zotiljam kasalligi sababli vafot etgan. Yurakni ko’chirib o’tkazish bilan bog’liq muammolar juda ham ko’p bo’lib, amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina hollarda o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Lekin, bu borada ham navbat kutayotganlar kamayayotgani yo’q. Chunki hamma ham bir nafas bo’lsa-da ko’proq yashashni xohlaydi.
2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari, to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga oshirilmoqda. Hukumatning mazkur qarorida kim donor bo’la olishi yoki bo’la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan, quyidagi yaqin qarindoshlar donor bo’lishi mumkin: ota-ona, tug’ishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlari (shu jumladan, asrab olinganlar), shuningdek er-xotinning ota-onalari.
Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling