Xulosa
Menga bitiruv malaka ishi sifatida Avtomobillarga TXK ko’rsatish mavzusi buyicha metodik
tavsiya ishlab chiqish (Namangan sanoat KXK misolida) mavzusi berilgan. Bitiruv malaka ishi oldi
amaliyotini Namangan sanoat kasb-hunar kollejida o’tkazdim. Kasb-hunar kolleji o’quv jarayonini tahlil
qilib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishini mavzusining mohiyatidan kelib chiqib fan va mavzuni mutaxassis
tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va uning tavsifi, fanni o’zlashtirgan o’quvchi qanday bilim, malakaga va
ko’nikmaga ega bo’lishi, fan bo’yicha olib boriladigan dars turlari va ularni hajmi, tanlab olingan
mavzuning ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan. Bu mavzuni o’tishda fanning o’quv rejasida tutgan o’rni,
fanni o’rganishda boshqa fanlar bilan aloqasi va bu fan bo’yicha olingan bilimlar keiyngi o’qiladigan
fanlar uchun ahamiyati haqida to’xtalib o’tildi.
Mavzuning uslubiy va texnik tahminotida mavzuni o’tish uchun zarur bo’lgan o’quv-uslubiy va
ilmiy texnik adabiyotlar, ularda keltirilgan materiallarning saviyasi, sharhi va ulardan foydalanib dars
materialini tayyorlash bo’yicha fikrlar bildirilgan. Darsni olib borishda foydalanilgan texnik vositalar
haqida mahlumotlar berilgan.
Dars mavzusida o’quv uslubiy, ilmiy texnik adabiyotlar asosida dars materiali tayyorlangan. Dars
o’tishni anhanaviy uslublari isqacha bayon etilgan va zamonaviy usullar bilan qiyoslangan.
Bitiruv malaka ishini tashkiliy qismida darsning mavzusi, darsda ko’zda tutilgan tahlimiy va
tarbiyaviy maqsadlari, o’quv natijalari, darsning jihozlanishi, mavzuning strukturali-mantiqiy shakli,
darsni tashkil qilish, mavzuni o’qitish metodlari va ularning tahlili, ko’rgazmali va didaktik materiallar
yoritib berilgan.
Bitiruv malaka ishini iqtisodiy qismida taklif etilgan uslubni afzalligi va uni
o’quvchilarni bilimini oshirishdagi samaradorligi aniqlangan.
Mehnat muhofazasi qismida avtomobillarga tizimiga texnik xizmat ko’rsatish uchastkasida
mehnat xavfsizligi tahlil qilingan va chora tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha takliflar berilgan.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |