Transpоrt fakulteti Kasb ta`limi (Transpоrt vоsitalarini ishlatish va ta`mirlash)
Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish fanini tavsifi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
avtomobillarga txk korsatish mavzusi buyicha metodik tavsiya ishlab chiqish namangan sanoat kxk misolida
2.1. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish fanini tavsifi
Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish fani «Avtotransportni ishlatish va tahmirlash» bo’yicha avtochilangar va haydovchilar tayyorlash o’quv rejasini kasbiy fanlar blokiga kiruvchi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish fani o’quv jarayonida 2 va 3-kurslarda o’tiladi. Fan jami 156 soatga mo’ljallangan bo’lib, shundan 32 soati amaliy mashg’ulot uchun ajratilgan. Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish fanining asosiy vazifasi avtomobil va dvigatellarni nosozlik va buzuqliklari va ularni kelib chiqish sabalari, ularni diagnostikalash, texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash hamda avtomobil transportini atrof-muhitga tahsiri va uni kamaytirish chora tadbirlari haqida ko’nikma va bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanni asosiy maqsadi avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish texnologik jarayonini, unda ishlatiladigan jihoz va dastgohlarni, texnik xizmat ko’rsatish «Nizom» ini, texnik txizmat ko’rsatish va diagnostikalash mehyoriy ko’rsatkichlarini, texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlashni yangi usullarini va boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashni, texnik xizmat ko’rsatishda fan va texnika yutuqlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishni o’rgatadi. Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: - avtomobil va dvigatel agregat va mexanizmlarini nosozlik va buziqliklarini, ularni kelib chiqish sabablarini va mehyoriy ko’rsatkichlarini aniqlash; - dvigatel, kuzov, kabina va shassilarga texnik xizmat ko’rsatish ; - avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan jihozlarni tanlash; - tozalash, rostlash, moylash ishlarini bajarish; - avtmombil agregat va mexanizmlariga texnik xizmat ko’rsatish va joriy tahmirlashda dastlabki hujjatlarni rasmiylashtirish; -avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlashni o’tkazishni jadvalini ishlab chiqish; Fanni o’rganish natijasida o’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak; - avtmobil transporti ustavi, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash to’g’risidagi «Nizom»; - avtomobillardan texnikaviy foydalanish qoidalari, mehyoriy texnikaviy hujjatlar; - avtomobillar agregat va mexanizmlarini nosozlik va buzuqliklarini, ularning avtomobillardan foydalanish jarayonida sodir bo’lish sabablarini aniqlash va bartaraf etish yo’l-yo’riqlari; - avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash jarayonini boshqarishni tashkil etish uslublari; - asosiy texnologik va diagnostikalash jihozlari; - ttexnik xizmat ko’rsatish va tahmirlash jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar va moslamalarni, ularning ishlash tartibi va ulardan foydalanish qoidalari. Ushbu fanni «Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish» mavzusi 2 soatga mo’ljallangan. O’quvchilar ushbu mavzuni o’tish jarayonida kundalik texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish; birinchi va ikkinchi TXK ishlarini tashkil etish;oqim chizigini universal va maxsuslashtirilgan postlardagi ish jarayonini tashkil etish; tashxislashdan foydalanib 1-TXK va 2-TXKni tashkil etish bilan tanishadilar.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling