Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK).
1-TXK vaqtida KTXK tarkibiga kiradigan barcha ishlar, shuningdek, navbatdagi 1-TXK yoki 2-
TXK gacha yo‘lni bosib o‘tishda avtomobil agregatlari, qismlari va tizimlarning benuqson ishlarini
ta’minlaydigan qo‘shimcha ishlar bajariladi.
1-TXK ko‘rsatish ishlarini bajarishdan oldin umumiy tashhis qo‘yiladi.
Rul chambaragi va rul tortqilari sharnirlarida lyuft bor-yo‘qligi rul boshqarmasini tekshirish
asboblari yordamida bajariladi, yuk avtomobillari tormozlarini tekshirish stendida avtomobil ishlayotgan
vaqtda va to‘xtatib turish tormozining me’yorda ishlayotganligi; yoritish va ogohlantirish asboblari, oyna
tozalagich, yuvgichlarning ishlashi, shamolni to‘sadigan, oynadan shamol urishi, orqani ko‘rish
ko‘zgulari to‘g‘ri o‘rnatilganligi, shinalar holati tekshiriladi va ulardagi havo bosimi manometr
yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |