Transport iqtisodiyoti


Temiryo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari. Xarajat elementklari bo`yicha xarajatlar tarkibi


Download 31 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi31 Kb.
#1405751
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi 1-bob (2)

Temiryo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari. Xarajat elementklari bo`yicha xarajatlar tarkibi.

Ekspluatatsion xarajatlar- bu temiryo`lda tashishni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan joriy xarajatlardir. Ekspluatatsion xarajatlar xarajat elementlari bo`yicha rejalashtiriladi. Iqtisodiy elementlar- bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun bir turkumli xarajatlar turidir.


Ekspluatatsion xarajatlar tuzilmasi mehnatga haq to`lash xarajatlari, xomashyo, yoqilg`i, elektr energiya va boshqa material xarajatlaridan tarkib topadigan moddiy xarajatlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari asosiy vositalar amortizatsiyasi, ijtimoiy ehiyojlar uchun ajratmalar va boshqa xarajatlar ham kiritiladi.
Temir yo`lda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi nizom amal qiladi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elementlar bo`yicha guruhlanadi:

  • Ishlab chiqarish material xarajatlari

  • Materiallarga bo`lgan xarajatlar transport xizmatlarini ko`rsatish uchun zarur bo`lgan harakat tarkibini, temir yo`lni, strelka o`tkazmalarini, ko`chishlarni va boshqa inshootlarni joriy saqlash va ulardan foydalanish uchun materiallarning narxini o`z ichiga oladi. Yoqilg`i sarf-xarajatlari poyezdlar, binolarni isitish va boshqa texnologik maqsadlarga sarflanadigan barcha turdagi sotib olingan yoqilg`ining narxini aks ettiradi

  • Ishlab chiqarish tusidagi mehnatga haq to`lash xarajatlari.

Korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat xarajatlarini shuningdek korxona xodimlari sifatida bo`lmagan ekspluatatsion faoliyat bilan shug`ullanadigan xodimlar uchun mehnat xarajatlarini aks ettiradi.

  • Yagona ijtimoiy to`lov ajratmalari. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar elementiga ko`ra davlat ijtimoiy sug`urtasi, pensiya jamg`armasi, davlat bandlik jamg`armasi, xodimlarni tibbiy sug`urta qilish uchun majburiy ajratmalar kiradi

  • Ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqa xarajatlar: soliqlar, yig`imlar,maxsus byudjetdan tashqari jamg`armalarga ajratmalar, sug`urta, kredit bo`yicha to`lovlar, kadrlarni tayyorlashva qayta tayyorlash, aloqa xizmatlari va boshqalar.


1.3 “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning asosiy faoliyati xarajatlari nomenklaturasi. To‘g‘ri va bilvosita, bog`liq va bog`liq bo`lmagan(shartli-doimiy) va tashish jarayoni operatsiyalari bo`yicha xarajatlarni taqsimlash

Temiryo`l tarnsportida ekspluatatsion xarajatlar hisobi va rejalashtirish “O‘TY” AJ xarajatlari Nomenklaturasi bilan tartibga solinadi. Nomenklatura ikki qismdan iborat. Birinchi qism “Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan xarajatlar tarkibi” deb nomlanadi. Bu qismda quyidagilar ajratib ko`rsatiladi: temiryo`l aksionerlik jamiyating ekspluatatsion faoliyati


Ishlab chiqarish tannarxi xo`jalikning alohida tarmoqlari bo`yicha hisoblanadi:

  1. Yo`lovchi, konteynerda tashish va tijorat ishlari xo`jaligi(1-32 moddalar)

  2. Lokomotiv xo`jaligi(41-140 moddalar)

  3. Vagon xo`jaligi(151-180 moddalar)

  4. Yo`l xo`jaligi(181-204 moddalar)

  5. Fuqarolik inshootlari xo`jaligi(205-210 moddalar)

  6. Signallashtirish va aloqa xo`jaligi(211-228 moddalar)

  7. Elektrlashtirish va energetika(229-235 moddalar)

  8. Hisoblash Tovar kontoralari va tiklash poyezdlari(236-237 moddalar)

  9. MDH hududida xorijiy temir yo`llar tomonidan tashishga xizmat ko`rsatish bo`yicha xarajatlar(238-239 moddalar)

Nomenklaturada temir yo`lning ekspluatatsion va yordamchi-ko`makchi faoliyatiga ko`ra barcha bo`limlar bo`yicha xarajatlar sravkasi va o`lchovlar ajratib ko`rsatilgan. Nomenklatura jami 760moddadan iborat. Moddalar bo`yicha yordamchi-ko`makchi faoliyat ham taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ekspluatatsion xarajatlar asosiy va umumxo`jalik xarajatlariga bo`linadi. Xo`jalikning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo`lgan xarajatlar asosiy xarajatlar deb aytiladi. Lekin har bir xo`jalik uchun xos bo`lgan xarajatlar ajratib ko`rsatiladi.
Xo`jalikning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo`lgan asosiy xarajatlar tarkibiga ishlab chiqarish personalining qo`shimcha ish haqi xarajatlari, ta`til, davlat va jamoat topshiriqlarini bajargan davri uchun to`lovlar forma kiyimlarini chegirma narxi, boshqaruv apparati tarkibiga kirmaydigan xodimlarning xizmat safarlari xarajatlari, texnika xavfsizligi bo`yicha xarajatlar va hokazo kiradi.
Umumxo`jalik xarajatlari deb korxonani boshqarish va ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlarga aytiladi. Ular o`z navbatida boshqaruv apparatini saqlash bo`yicha va saqlash xarajatlarisiz umumxo`jalik xarajatlariga bo`linadi. Bu guruhga ishlab chiqarish uchastkalari personalining ish haqi xarajatlari va xizmat ko`rsatish, umumxo`jalik ahamiyatidagi bino, inshootlar va inventarlarni joriy ta`mirlash, umumxo`jalik ahamiyatidagi asosiy vositalar amortizatsiyasi, kadrlarni tayyorlash bo`yicha xarajatlar kiritiladi.
Tashish tannarxiga kiritilishiga qarab xarajatlar to`g`ri va egri xarajatlarga bo`linadi.
To`g`ri xarajatlar bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan va to`g`ridan- to`g`ri hisobga olinuvchi hujjatdan ma`lum bir tashish turning tannarxiga kiritilishi mumkin.
Egri xarajatlar bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlarni ma`lum bir turdagi mahsulot tannarxiga kiritish uchun ularni avval tashish turlari bo`yicha taqsimlash zarur. Masalan, yo`l xo`jaligi xarajatlarini yuk va yo`lovchi tashish tannarxiga kiritish zarur.
Xarajatlarning umumiy miqdorida egri xarajatlar salmoqli hajmni tashkil etadi. Tashish jarayoni yuk aylanmasini o`sishi yoki kamayishi hisobiga xarajatlar miqdorini o`zgarishiga bog`liq holda xarajatlar tashish hajmiga bog`liq va bog`liq bo`lmaganga ajratiladi.
Bog`liq xarajatlar deb tashish hajmining o`zgarishiga to`g`ri proporsional o`lchanadigan xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlarga poyezdlarni tortish uchun yoqilg`I, elektr energiya, lokomotiv va vagonlarni ta`mirlash, ularni amortizatsiyasi kiradi.
Shartli-doimiy xarajatlar deb tashish hajmiga o`zgarishiga bog`liq holda o`zgarmaydigan yoki kam o`zgaradigan xarajatlarga aytiladi. Bu xarajatlarga temir yo`lning doimiy qurilmalarini(tortuv nimstansiyalari, signallashtirish va aloqa qurilmalari, boshqalar) joriy saqlash ta`mirlash va ularni amortizatsiya bo`yicha xarajatlar kiradi.


Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling