Transport iqtisodiyoti


Kurs ishini himoyaga tavsiya etilmasligi sabablari


Download 82.22 Kb.
bet10/15
Sana21.09.2023
Hajmi82.22 Kb.
#1683899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs

5.1. Kurs ishini himoyaga tavsiya etilmasligi sabablari
Kurs ishini himoya uchun ruxsat etilmasligiga quyidagilar sabab bо'lishi mumkin:

  • mavzuning to'liq yoritilmaganligi;

  • eskirgan adabiyotlardan foydalanilganlik;

  • adabiyotlardan keraklicha foydalanilmaganlik;

  • kurs ishi uchun qo'yilgan talablarning bajarilmasligi.

Kurs ishining himoyasida talabalar mavzu bо'yicha asosiy formulalarni hamda grafiklarni, ma’lumotlarni bilishlarini isbot qilib berishlari lozim va izohlardagi hamda taqrizdagi qo'shimcha savollarga javob berishlari lozim.
Кurs ishi uchun maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
Himoyada talaba o'ziga daxldor bo'lgan hamma berilayotgan savollarning mohiyatini tushunib yetishini ko’rsata olishi kerak. Kurs ishini himоуа qilmagan talaba iqtisodiyot nazariyasi bо'yicha mavjud reytingga hаm qo'yilmaydi.


5.2 Kurs ishni texnik rasmiylashtirish
Ish standart A4 formatli oq qog'ozning faqat bir yuzasiga yoziladi.
Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan xoshiya qoldirish kerak.
Chap tomondan – 30 mm;
Yuqoridan - 20 mm;
O'ng tomondan - 10 mm;
Pastdan - 25 mm.
14 o'lchamli shriftda, Times New Roman (o’zbek tilida), lotin alifbosida, qatorlar orasi 1 intervalda, har bir varoq 10 mm, masofa 28-32 qatordan (satr) iborat bo'lishi, har bir satr 60-65 (tinish belgilar va oraliqlarni qo'shib hisoblaganda) va 3600 so'zdan iborat bo'lishi kerak.
Savollar (paragraflar)nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm).
Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan holda 3-varaqdan (kirish) boshlab belgilanadi, ya’ni titul varag'i va mundarijadan so'ng.
Agar kurs ishida muaallif ishga taalluqli bo'lgan ixtibos (sitata)lardan foydalansa, u holda ixtibos olingan manbaning o'ziga hos xustisiyatlari to'liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya, abzaslar joylanishi, shriftlar ajratilishi. Ixtiboslar matinning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo'shtirnoq (,, “) ichiga olinadi.
Ixtiboslarga savolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin.
Agar talaba ixtibos (sitata) bo’yicha savollarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga bersa, unda matnda bu adabiyotlarning tartib raqamlari ko’rsatilishi kerak.

Download 82.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling