Transport korxonalarida marketing faoliyatini boshqarish transport korxonalarida marketingining asosiy tushunchalari va tamoyillari


Download 0.92 Mb.
Sana04.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1425247
Bog'liq
Презентация1

TRANSPORT KORXONALARIDA MARKETING FAOLIYATINI BOSHQARISH

Transport korxonalarida marketingining asosiy tushunchalari va tamoyillari

  • Har bir marketolog marketingning umumiy uslublari va tamoyillariga asoslanib, ishlab chiqarish faoliyatidan kelib chiqqan holda, o’z konsepsiyalarini ishlab chiqdilar. Bozor munosabatlarini rivojlanishi va transport bozorida kuchli raqobatni yuzaga kelishi, trasnportni boshqarishda marketing tamoyillaridan kengroq foydalanishini talab etmoqda.
  • Transport marketingi bu transport tizimini tashkil qilish va boshqarish, aholiga ekspeditorlik, transport xizmatini ko’rsatish, transport bozorini majmuaviy o’rganishni tashkil qilish va ularni amalga oshirish tizimidir.
  • Transportdan foydalanuvchilarni transport xizmati iste’molchilari deyish ham mumkin. Bular qATTriga yuk egalari (yukni jo’natuvchi va qabul qiluvchi), yo’lovchilar, transport- ekspeditsion kompaniyalar, harakatlanuvchi tarkib egalarini kiritish mumkin.
  • Transport marketingi tushunchasi transportda marketing tushunchasi bilan bir xil ma’noga ega. Transport marketingi asosiy tushunchalari transport bozori, transportdan foydalanuvchilar, transport xizmati, iqtisodiy transport balansi, transportda talab va taklif, transport ta’rifi, transportdagi raqobat va raqobatbardoshlik, transport ekspeditsiyasi, majmuaviy marketingi, transportda marketing boshqaruvi kabilardan iborat.

TRANSPORT BOZORI

  • Transport bozori bu – transport kommunikatsiya poligoni bo’lib, transport kompaniyalari o’z imkoniyatlari, texnik - iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, ma’lum bir hududda iste’molchilarga transport xizmatlarini ko’rsatish joyi.
  • Transport bozorini birinchidan transport va uning foydalanuvchilari,
  • ikkinchidan transport turlari va transport kompaniyalari o’rtasidagi iqtisodiy, texnologik va boshqa aloqalar yig’indisi sifatida ko’rish mumkin.
  • Transport foydalanuvchilari – transport kompaniyali mijozlari, ya’ni yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi, diler-ekspeditorlar, yo’lovchilar kabi transport yordamida manzillari yetkazilayotgan (bagaj yoki yuk) va insonlardir.
  • Transportda marketing vositachilari – bu transport mahsulotini talab va taklifni shakllantirishga, mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berishga yordamlashuvchi kompaniya yoki kompaniyalardir. Masalan, ekspeditorlik
  • kompaniyalari.
  • Transport kompaniyalarni marketing majmuasi - bu talabni o’rganish, transport xizmatini rivojlantirish va iste’molchilarni jalb qilish, shu jumladan reklama, chegirmalar, imtiyozlar orqali, xizmat ko’rsatishini yaxshilash kabi bir qATTr tadbirlar yig’indisi.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing deyarli kompaniyani barcha boshqaruv sohalarini o’z ichiga olishi zarur, shuning uchun marketing boshqaruvi moliyaviy boshqaruvga, ishlab chiqarish faoliyatiga, ta’minot tizimiga, kadrlar siyosatiga o’z ta’sirni ko’rsatishi lozim.

Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, transportda marketingning asosiy tamoyillari deb quyidagilarni hisoblash mumkin:

  • Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, transportda marketingning asosiy tamoyillari deb quyidagilarni hisoblash mumkin:
  • transportdan foydalanuvchilarning qiziqishlarini aniqlash maqsadida transport bozorini va uning iqtisodiy kon’yunkturasini chuqur o’rganish;
  • transport bozorini segmentlash;
  • Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga aniq javobi;

buyuyuyu

  • Kompaniya yangi turdagi xizmatlarni joriy qilishni ikki usulda yo’lga qo’yishi mumkin:
  • Yangi turdagi xizmatlarni chetdan olib o’zlashtirish. Bunda kompaniya boshqa biron kompaniyaning xizmatlar ko’rsatish huquqini beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi.
  • Yangi turdagi xizmatlar o’z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o’z kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda kompaniya yangi turdagi xizmatlar bo’yicha tadqiqot va izlanishlar bo’limini tashkil etadi.
  • Transportda marketing boshqaruvi - bu transport marketingni asosiy qismi bo’lib, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, transport bozorini monitoringini olib borish, yuk tashishni rejalashtirish va transport ishlarini rivojlantirish, minimal xarajat bilan transport bozorida maksimal natijaga erishish va talabni kuchaytirish masalalarini boshqarishdir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling