TRANSPORT LOGISTIKASI TA’LIM YO‘NALISHI TALABLARINING KASBIY FAOLIYAT TURLARIDAN KELIB CHIQIB KOMPETENSIYALARINI BELGILASH
Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich, Jizzax politexnika instituti, Jizzax.
Transport logistikasi (avtomobil transporti) – “Transport xizmatlari” ta’lim sohasiga oid ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u xalqaro tajribalarga muvofiq barcha transport turlarida yuk va yo‘lovchilarni tashishni tashkil etish, sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish, transport oqimlarini intellektual texnologiyalari asosida xavfsiz harakatlanishini tashkil etish, transport tizimlarida barcha logistik jarayonlarni samarali tashkil etish va uni boshqarishga yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari va yo‘llari majmuini qamrab oladi.
Talabalarning maxsus kompetensiyalarini shakllantirish ushun avvalo Transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari aniqlab olishimiz lozim. Ular quyidagilar:
Barcha turdagi (avtomobil, temir yo‘l va havo) transport vositalari;
Mulkchilikning barcha turidagi transport va logistik korxonalari;
Xalqaro magistrallarda yuk va yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yuk tashish terminallari;
Logistika markazlari;
Transport departamentlari;
Ilmiy, ilmiy tadqiqot tashkilotlari va muassasalari;
Transport tashkiloti va korxonalarida zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari;
Transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Bo‘lajak transport logistikasi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarining bir nechta kasbiy faoliyat turlariga alohida to‘htalib o‘tamiz. Ular quyidagilardan iborat (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |