Transport: mehnat1ning geografiktaqsimoti komponetl va integratsiya omili


Download 74.03 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi74.03 Kb.
#1637774
  1   2
Bog'liq
7-mavzu


TRANSPORT: MEHNAT1NING GEOGRAFIKTAQSIMOTI KOMPONETl
VA INTEGRATSIYA OMILI
llmiy-texnik taraqqiyot mehnatning geografik taqsimotiga va xususan, xaiqaro savdo xarakteriga jiddiy o’zgarishlar kiritadi, bu bilan tovar oqimlarida tarkibiy siljishlar bilan birga sotish muammolari va transport ta'minotining keskinlashuvini keltirib chiqaradi. Transport sohasida ishlab chiqarish quvvatiarining tez sur'atlar bilan o'sishi jahon savdo bozorlarida yuk tashish muammolariga talabning kuchayishi bilan bog’liq ravishda, eng muhimi, mijozlarning transport xizmatlari sifatiga qo'yadigan yangi talablar oqibatida sodir bo'ladi. Raqobatchilik kurashi keskinlashgan bir sharoitda asosiy kapitalni yangilash zarurati o’z rolini o'ynaydi. Jahon transport bozorlarida ITT ga xos xususiyatlar transport turlari raqobatbardoshligining doimiy ravishda o'sib borishi, bir-birlarining o'rnini bosishi sa’ohiyat’i imkoniyatining kuchayishi, aralash (intermodal) aloqalarning rivojlanishi kabilarda namoyon bo'ladi. Transporting mintaqaviy turlari ko’roq raqobatga uchraydi. Bu ayniqsa yuklar dengiz bandargohlariga yetkazilishini ta'min’aganda yaqqol namoyon bo’ladi.
Transport tizimlari o'zining texnik darajasi, ko'lami, tashkiliy shakllari va transport oqimlarini o'zlashtirish sifatiga ko'ra mijozlarning yangi talablariga moslashadi, bunda xarajatlar ikkinchi o’ringa surib qo'yiladi. Ushbu yangi talablar quyidagilar bilan bog ’ liq: jo'natmalar tabaqalanishining kuchayishi (yuklarni mayda turkumlar bilan tashish ehtiyoji ortib bormoqda); ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi; yuk tashish samaradorligini oshirishga intiilsh, bunda transport jarayonining kapital sig'imliligiga dosh bera olish nazarda tutiladi; ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalarning o'zgarib borayotgan tarkibiga moslashish zarurati; passajir va yuk tashish muntazamliligi va davriyligini ta'minlash; yuklarning butligi va yetkazib berish tezkorligi darajasining oshishi; transport uzellari hududlarida va asosiy transport o'qlari bo'y’ab aholining hududiy kontsentratsiyasi va ishlab chiqarish jadallashuv sharoitida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash zarurati; yo'lovchilar tashish paytida qulaylik darajasi oshirilishiga nisbatan talabning kuchayishi; transport rivojlanishining ekologik xususiyatini hisobga olish va qat’iy’ashtirish zarurati (hududni tasarrufdan chiqarish masalalari shular jumlasidan); umuman transport sohasida va boshqa sohalarda energiya sarfini kamaytirish zarurati.
Qayd etiigan barcha omillar yuk va yo'lovchilar tashish tarkibida avtomobil, shuningdek, havo transport’ rivojlanishining iigariiab borishiga, xalqaro transport kommunikatsiyalarining takomillashuviga, transport vositalari aylanmasining tezlashuviga, aralash turdagi yuk ortiimaydigan aloqalarning rivojjanishiga, transport vositalari va xizmatlarining ixtisoslashuviga, xalqaro ko'lamdagi yirk bxisoslashgan transport’ taqsimotiga oid markazlarning paydo bo'lishiga olib keladi.
JAHON TRANSPORT TIZIMINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI
Jahon xo'jaligi transport sig’imining o'zgarishiga urushdan keying’ davrda ma'lum barqaroriik xos - umumiy yuk aylanmasi, umumiy yo’lovchi tashish hajmi yalpi milliy mahsulot o'sish sur’atiga mos tarzda o’sib bordi (birmuncha ortda qolgan holda). 40 yil davomida bir tonna ishlab chiqarilgan maqsulotning bir tonnasiga nisbatan jahon yuk aylanishi so’ishtirma salmog’i uchdan birga, jon boshiga yuk tashish va aholining kilometrik harakatchanligi 3,5-4 baravar ko'paydi. Jahon transport tizimining asosiy ko’rsatkichlari va ulaming dinamikasi quyidagi - jadvallarda keltiriigan.
So’nggi o’n yilikda aloqa yo'l’ari turlari bo'yicha transporting umumiy uzunligi birmuncha barqarorlashdi. Ayni paytda tarmoqda jiddiy sifat o’zgarishi kuzatilmoqda: elektrlashtiri’gan temir yo’llar, yo'l qoplamasi takomillashtirilgan avtomagistra’lar, yirik diametr’i quvurlar davomiyligi ortib bormoqda. Tashishlarga oid ma’umotlar bajari’ayotgan transport ishlarining ko'lamidan dalolat bermoqda: so’nggi 40 yilda jon boshiga yuk tashish 2,8 dan 98,0 ming km.ga ortdi, yo'lovchilar aylanmasi - 1,0 dan 3,2 ming yo'lovchi. km.ga ortdi. Tashishlar rivojlanishining dinamikligini ta’kidlash mumkin - ish hajmi 7 baravardan ortdi va Osib bormoqda.
Jahon yuk aylanmasida, va yo'lovchi tashish aylanmasida bitta, eng muhim transport turi ajralib turibdi. So'nggi paytlarda uning ulushi ko'payib Ь^ддодйф. yuk aylanmasida - dengiz transporti, yo'lovchi tashishda - shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobil.
Alohida transport turtari orasida tashishlar tarkibi o'zgarishi kuzatilmoqda. yuk tashishda temir yo’l transporti bilan uning asosiy raqibi - avtomobil transporti о'rtasidagi nisbat 4:1 dan 1,2:1 gacha, quvurlar ulushi (neft, mahsulot va gaz quvurlari) 4,2 dan 12,8 foizgacha ortdi, ichki suv transporti ahamiyati kamaymoqda. Yo'lovchi tashishda havo transporti temir yo’l transportiga yaqinlashmoqda. Avtobus transporti temir yo'l transportidan 1970 yildayoq o'zib ketdi.
7-Jadval
Jahon transport tanmog’’ dinamikasi, ming kmda



Aloqa yo’llari turi

1950 y.

1970 y.

1980 y.

1999 y.

Temir yo'l

1320

1340

1248

1180

Shu jumladan, elektlashtirilgan

60

125

164

200

Avtoyo’llar

15 540

19 700

22 300

24 000

Shu jumladan, qattiq qoplamaii

7645

12150

16000

22 000

Ulardan takomillashgani

2920

5860

9210

13 000

Kema qatnaydigan daryolar va kanallar

560

525

540

550

Neft va mahsulot quvurlari

175

395

520

680

Magistral quvurlar

186

545

760

1 100

Havo yo’llari

3300

5510

6900

8500

Transport ishida milliy va makrohududiy xususiyatlarni aniqlashda quyidagilar eng muhim mezonlar deb hisoblanadi:


1. Ishlab chiqarishning transport sig’imi, u mohiyatan tashishlar bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi, shuningdek, hududning o'lchami va konfiguratsiyasi. 2. Aholining transport harakatchanligi, bu ko’rsatkich aholi joylashuvi turi, urbanizatsiya darajasi, migratsiya darajasini ifodalaydi. 3. Yo'lovchi va yuk tashishlar nisbati, u o'z asosida xo'jalik tizimining turini, shu jumladan, ijtimoiy yo'naltiriganlik darajasini ifodalaydi. 4. Tashish faoliyatida transport turlari nisbati, bu nafaqat transport ti^imi. ayni paytda mamlakatyoki hudud xo’jaligining muhim tipologik xususiyati bo'lishi mumkin.
Ana shu mezonlar asosida mamlakatlarning bir necha guruhini ajratish mumkin: sanoati rivojlangan davlatlar, ular orasida AQSH, Kanada, G'arbiy Yevropa, Yaponiyani ajrtaib ko'rsatish mumkin; MDH davlatlar va Markaziy-Sharqiy Yevropa davlatlari, ular rejali xo’jallkdan bozor xo’jaligiga o'tish darvini boshdan kechirmoqda; turli-tuman rivojlanayotgan davlatlar. Xo'jaliklarning transport sig'imi (YalMning 1 dollariga nisbatan t'km da) Shimoliy Amerikada 1,3 ni, G'arbiy Yevropada hammasi bo'lib 0,3 ni, Yaponiyada 0,4 ni tashkil etgan bo'lsa, Rossiyada bu ko'rsatkich 5,3, Markaziy-Sharqiy Yevropa davlatlarida o'rta hisobda
ga teng. Ushbu raqamlar mamlakatlarning transport sig'imi uchun mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy turi, xo’jalikning tarmoq tuzilishi, «og’ir», xom ashyoga oid sohalar roli hal qiluvchi, hudud maydonining nisbatan kam ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunga G'arbiy va Markaziy-Sharqiy Yevropa davlatlari hududlari orasidagi farq (5 baravar) yaqqol misol bo'lib xizmat qiladi. Rivojlanayotgan davlatlarga kelsak, transport sig'imi ahamiyati Afrikaning qoloq davlatlaridagi 0,84 dan Lotin Amerikasi davlatlaridagi 1,7 baravargacha bo’lgan miqdorda o'zgarib turadi.
Aholining harakatchanligi ko'rsatkichi teskari tendentsiyaga ega. Uning ahamiyati sanoati rivojlangan g’arb davlatlarida eng yuqori - Shimoliy Amerikada jon boshiga shaharlararo yo'lovchi tashish aylanmasi 12,9 ming yo’lovchi. km. ga teng, G'arbiy Yevropada - 8,5, Yaponiyada - 6,3 ga teng. Ayni paytda Rossiyada bu ko’rsatkich - 3,6, Markaziy-Sharqiy Yevropada - hammasi bo’lib 2,9 ni tashkil etadi. Transport harakatchanligi - bu murakkab ijjimoiy va iqtisodiy hodisa bo'lib, u birqator madaniy, siyosiy va demografik omillar bilan belgilanadi. Bu ko’rsatkich rivojlanayotgan davlatlarda ham har xil bo'lsa-da, umuman olganda, nisbatan past-eng qoloq davlattarda-O^, ShimoliyAfrikada2,0, Lotin Amerikasida 1,5 ga teng.
Yuk va yo’lovchilar tashish nisbati muhim tipologik mezon hisoblanadi (1 t / km 1 yo’lovchi. km. ga tenglashtiriladi). Shubhasiz, ushbu nisbat yuqoriaa keltiriigan ko’rsatkichlar darajasiga mos holda o’zgaradi. Yo’lovchi aylanmasini 1 deb biisak, Shimoliy Amerika uchun 1,2, G’arbiy Yevropa uchun 0,3, Yaponiya uchun 1,1 ko'rsatkichga ega bo’lamiz, holbuki, Rossiya uchun bu ko'rsatkich 7,8, Markaziy Sharqiy Yevropa uchun 3,5, rivojlanayotgan davlatlarda - 0,4 dan
ni tashkil etdi. Ko'p jihatdan ushbu nisbatga, ayni paytda harakatchanlikka turizmning va butun rekreatsiyaviy sohaning d^<^jl^ni^higa ta'sir ko’rsatadi.
Va nihoyat, yuk tashishda transportturiarining nisbati xo’jalikning yuk tashkil etuvchi tarkibi, uning o'zgarishi dinamikasi, ishlab chiqarishning hududiy jamlanish darajasi bilan belgilanadi. Garbning sanoati rivojlangan mamlakatlari, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari hissasiga ichki transport yuk tashishining taxminan 80 foiz to’g’ri keladi, va ular ana shu ikki guruh o'rtasida tagsimlanadi. Ammo transport turlarining nisbati keskin farqlarga ega. G’arb mamlakatlarida umuman yuk aylanmasining 25 foiz temir yo’l transport hissasiga, avtomobil transportiga - 40 foiz, qolgan 35 foiz esa ichki suv, dengiz kabotaji va quvurlar hissasiga to’g’ri keladi.
MDH va Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi umumiy yuk tashish hajmida temir yo’l yetakchilik qiladi - 60 foizga yaqin, ayni paytda avtomobil transporti hissasiga faqat 9 foiz to'qri keladi. Shimoliy Amerikada term yo’l va avtomobil yo'li ulushlari qariyb bir-birga tenglashdi, ayni paytda Rossiyada bu nisbat tegishli ravishda - 46 va 9 foizga yaqin. Temir yo’l va avtomobilda yuk tashish tannarxi o’rtasidagi ulkan farq (15 baravar) mamlakatimizdagi avtomilda yuk tashish rivojlanishini ob’yektiv tarzda cheklab turibdi, holbuki, AQSHda bu farq faqat 4 baravami tashkil etadi. Bunday farq, o'z navbatida, bir qator omillar bilan izohlanadi: Sobiq Ittifoqda yo’l tarmog’ining kam rivojlanganligi va sifati pastligi (sobiq lttifoqda mustahkam qoplamali yo’llar ulushi 1ЛЗ ni tashkil etadi, holbuki, AQSHda bu ko'rsatkich 60 foizdan ortiq bo'lib, ayni paytda yo'l tarmog’i 6 marotaba uzun), sobiq Ittifoqda avtomobil parki tarkibida hanuzgacha o'rta hajmdagi yuk mashinalari ko’p bo'lib, bu park imkoniyatlaridan kamroq foydalanishni keltirib chiqaradi va h.k. G’arbiy va Markaziy-Sharqiy Evropa mamlakatlarida yuk aylanmasida temir yo'l va avtomobil transport ulushlari yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi - tegishli ravishda 19 va 67 foiz, 78 va 9 foiz.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda temir yo’l, avtomobil, quvur o'tkazgichli transport hissasiga ichki yuk aylanmasining deyarli 13 qismi to'g’ri keladi (Lotin Amerikasida avtomobil transport ulushi birmuncha yuqori - 65 foiz, Osiyoda - kamroq). havo transport yuk aylanmasining deyarli 90 foiz sanoati rivojlangan davlatlarga to'g’ri keladi. Umumiy yuk aylanmasida transporting ushbu turi ulushi AQSH yuk aylanmasiga nisbatan Rossiyada 12 baravar past, holbuki, Rossiya va AQSHda havo transport orqali jami yuklarning tegishli ravishda faqat 0,04 va 0,5 foiz tashiladi. „ , , .
м 8-Jadval
Jahon transport tizimida yuk tashish ishlari t^rkibi



Transport turi

O'lchov birligi

1950 y.

1970 y.

1980 y.

1999 y.

Jami

Yuk aylanmasi, trln t/km

6,9

28,9

47,6

46,7




Yuk aylanmasi, trln yo’lov km (yakunga nisbatdan foizda)

2,5

8.0

14,2

18,4

Shu jumladan:
















Temir yo’lga oid

Yuk aylanmasi

30,8

18,9

14,5

12,0




Yo’tovchi ayianmasi

25,6

15,2

11,8

10,2

Avtomobilga oid

Yuk aylanmasi

7,5

8,0

6,9

10,3




Yo’lovchi aylanmasi

71,4

77.2

79,0

79,3

Shu jumladan:
















AVobusga oid

Yo’lovchi aylanmasi

14,6

16.7

19,0

19.0

Yengii avtomobilga oid

Yo’lovchi aylanmasi

14,6

16,7

19,0

19,0

lchki suvga oid

Yuk aylanmasi

5,6

3,0

2.5

2,7




Yo’lovchi aylanmasi

0.6

0,5

0,4

0.3

Dengizga oid

Yuk aylanmasi

51,9

62,7

67,5

62,1




Yo’lovchi aylanmasi

0,8

0,3

0,3

0,2

Neft quvuri

Yuk aylanmasi

31

5.0


Download 74.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling