Transport vazirligi
mavzu: Global va barqaror taraqqiyot falsafasi. Etika 111-114 mavzu
Download 1.75 Mb.
|
умк фалсафа янги 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- PREDMETI,MAQSADI VAZIFALARI, BORLIQ FALSAFASI. Reja: Falsafa tushunchasining mohiyati
- «Substansiya»
mavzu: Global va barqaror taraqqiyot falsafasi. Etika 111-114
mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi 115-117 mavzu: Estetika 118-121 mavzu:Din madaniyat fenomeni. Diniy madaniyat an’analarining ahamiyati 122-124 mavzu: Islom dini va tarixi. Diniy fanatizm va dindorlik 125-128 mavzu: Korrupsiya tushunchasi va uni bartaraf qilish yo’llari 129-131 Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar. Glossariy. IV. Ilovalar: Fan dasturi Ishchi fan dasturi Tarqatma materiallar Testlar MAVZU: FALSAFA FANI PREDMETI,MAQSADI VAZIFALARI, BORLIQ FALSAFASI. Reja: Falsafa tushunchasining mohiyati Falsafa fani predmeti va obyekti. Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari. Borliq tushunchasi va uning koʻrinishlari. Borliqning yashash shakllari. (materiya, fazo, makon, harakat) Tayanch tushunchalar: Shaxs, falsafa, etika, idrok, dunyoqarashning tarixiy shakllari, fetishizm, animizm, totemizm, magiya, ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, ong,tafakkur, ruh, materiya, tabiat, borliq, fan. Makon, virtual borliq, ijtimoiy borliq, inson borlig‘i, borliq shakllari «borliq» kategoriyasi, «vujudi vojib», «vujudi mumkin», borliq va yo‘qlik, olam va odam evolyutsiyasi, olamning paydo bo‘lishi, substansiya, intellektual intuitsiya, deduksiya, monizm, plyuralizm, dualizm, olamning chekliligi va cheksizligi, harakat, rivojlanish, o‘zgarish, o‘zgaruvchanlik, harakat va harakatsizlik, taraqqiyot, o‘z-o‘zidan harakat, barqarorlik, muvozanat, mexanik harakat. Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so‘zning, atamaning lug‘aviy ma’nosi bo‘lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so‘zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo‘lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nimadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi YUnoniston va Rimda bu masala «Substansiya» tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o‘ziga xos ifodalangan. Substansiya deganda olam va dunyodagi narsalarning mohiyati to‘g‘risidagi fikr tushunilgan. YUnoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo‘lsa, Aflotun substansiya — g‘oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom tushunchasi o‘sha davrda bo‘linmas zarracha ma’nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan. Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo‘nalishlar ham yo‘q emas. Masalan, olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling