Transport vositalari muhandisligi
Download 27.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqPatidinovRo\'zimamatovmaqola
AVTOMOBILLAR TEXNIK HOLATINING O‘ZGARISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. Andijon mashinasozlik instituti, “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi Patidinov Aslidin Xusnidin o‘g‘li talaba Roʻzimatov Shoxruxbek Zafarjon oʻgʻli E-mail: aslidinbekbolasi@.gmail.com Tel:+998993280419 Avtomobillar texnik holatining ekspluatatsiya sharoitida o‘zgarish sabablari quyidagicha: - detallarning yuklanish darajasi; - detallarning bir - biriga nisbatan o‘zaro harakati; - detallar materiallarida fizik-kimyoviy o‘zgarishlar; - tashqi muhitning ta’siri (quyosh radiatsiyasi, harorat, namlik, shamol tezligi, havo tarkibidagi chang miqdori va h. k); - boshqa sabablar. Ob’ektlarning tuzilmaviy parametrlari vaqt bo‘yicha shakl va boshqa o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi va, natijada, yeyilish, zanglash, charchash buzilishlari, plastik shakl o‘zgarishlar, harorat ta’siridagi buzilishlar, yemirilish, eskirish va boshqa jarayonlar r o‘y beradi[1]. Eskirish - bu ekspluatatsiya jarayonida avtomobil texnik holati parametrlarining doimiy va uzluksiz tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishidir. Masalan, rezina-texnik buyumlari o‘zining mustahkamligini va elastikligini oksidlanish, issiq yoki sovuq harorat, namlik, quyosh radiatsiyasi hamda moy, yonilg‘i yoki suyuqliklarning kimyoviy ta’sirida y o‘qotadi. Moylash materiallari yeyilganlik maxsulotlari bilan ifloslanadi, qovushqoqlik harakteristikalari yomonlashadi, ulardagi qo‘shilmalarning kuchi yo‘qoladi va h.k. Misol tariqasida avtobuslarning 0...100 ming km ekspluatatsiyasi davomidagi buzilishlarini ko‘rib chiqamiz (1.1-jadval). 2.1-jadval.
Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilingan Isuzu avtobuslari 100 ming km gacha yurganda sodir bo‘lgan buzilishlari ro‘yxati Avtomobilning fizik eskirishi asosan yemirilish, zanglash va yeyilish jarayonida yuz beradi. Emirilish detallarga davriy yuklamalar ta’sir etganda r o‘y beradi. Bunday yuklamalar detallarning bardoshlilik chegarasidan yuqori bo‘ladi. Sekin-asta paydo bo‘ladigan charchash darzlari ma’lum yuklamalar sonidan keyin detallarni charchash yemirilishiga olib keladi. Detallarning charchash mustahkamligi asosida (masalan, ressoralar, kronshteynlar, yarim o‘qlar, rama) va, asosan, og‘ir ekspluatatsiya sharoitlarida ularning chidamliligi aniqlanadi. Zanglash (korroziya) atrof-muhitning detalga tajovuzkorona ta’siridan kelib chiqadi. Bunda metall oksidlanadi, mustahkamligi pasayadi, tashqi ko‘rinishi yomonlashadi. Zanglashning asosiy sabablari- tashqi muhitdagi tuz eritmalari, suv va tuproqdagi kislotalar va ishlatilgan gazlardagi ayrim elementlar. Zanglashga ko‘proq kuzov, kabina, rama, ta’minot va sovitish tizimlari, quvur o‘tkazgichlar moyil bo‘ladi. Kuzovning zanglashga bardoshligi uning chidamliligini belgilaydi[2]. Avtomobil detallarining yeyilishi asosan ishqalanishga bog‘liq. Ishqalanish deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan ikki jism (detal)ning bir-biriga nisbatan siljishida paydo bo‘ladigan qarshilikka aytiladi. Jismlarning siljish yo‘lida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchini bartaraf etish ishqalanish ishi deb aytiladi. Detallar yeyilishining jadalligi ishqalanish ishiga, uning yo‘liga va ishqalanish sharoitlariga bog‘liq. Aylanayotgan detallar uchun ishqalanish yo‘li (masalan, tirsakli valning podshipnigi) val aylanishlari sonining uning aylana uzunligiga ko‘paytmasi bilan topiladi. To‘g‘ri harakat qilayotgan detallar uchun esa (masalan, porshen halqalari) ishqalanish yo‘li yurishlar sonining yurish uzunligiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi[3]. Ishqalanish asosan uch turdan iborat: a) quruq ishqalanish. Bunday ishqalanishda ob’ektning sirtlari bevosita tutashib, bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida moy bo‘lmaydi (masalan, avtomobil g‘ildiraklarining tormoz ustqo‘ymalari bilan barabanlari yoki ilashuv muftasi disklari orasidagi ishqalanish). Quruq ishqalanishda tutashgan detallar mikronotekisliklarining bir-biriga tegishidagi qarshiliklar va unda paydo bo‘ladigan molekulyar ilashuv natijasida ishqalanish kuchi sodir bo‘ladi. Molekulyar ilashuvlar esa mikronotekisliklar kontaktlarida juda katta solishtirma bosimlarning vujudga kelishi natijasida paydo bo‘ladi[4]. b) suyuq ishqalanish-ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham ataladi. Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari orasidagi moy qatlami sirtning mikronotekisliklarini ko‘mib ketadi va natijada ishqalanish faqat molekulalarning moy qatlamidagi harakatidan paydo bo‘ladi. Bu tur ishqalanishda ishqalanish kuchi moyning ichki qarshiligi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuq ishqalanish tirsakli val podshipnigida, ishlash tartibotining tur g‘unligi sharoitida kuzatiladi. v) chegaraviy ishqalanish. Bunday ishqalanish yuqori solishtirma yuklama sharoitlarida, faqat shu detallar sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari bilan chegaralangan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, uzatmalar qutisi, orqa ko‘prik bosh uzatmasi tishli g‘ildiraklari, z o‘ldirli podshipniklar va x. k. Yeyilish deb o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi. Yeyilganlik - o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detallarning yeyilishi natijasi bo‘lib, u o‘lchamlar, shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi[5]. Yeyilish turlarining tasnifi. Yeyilish o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: a) Mexanik yeyilish: - abraziv yeyilish-ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum va boshqalar) kesuvchanlik ta’siri natijasidir (kolodka va baraban, shkvoren birikmasi, ressorning barmoq va vtulkasi oralaridagi yeyilishlar). Abraziv zarrachalar tarkibiga ishqalanayotgan detallarning yeyilish mahsulotlari ham kiradi; - shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish-detallarga juda katta yuklamalar ta’sir etganda ro‘y berib, uning natijasida sirt qatlamlarining siljishi kuzatiladi va detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi (masalan tormoz mexanizmidagi bronzali ekstsentrik vtulka va x. k.); - mo‘rt buzilish yeyilishi - ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami ishqalanish va parchinlanish natijasida m o‘rtlashib, buzilib ketadi va o‘z ostidagi bo‘sh qatlamlarni ochib qo‘yadi. Bunday buzilishlar, asosan, egiluvchan (po‘lat) yoki mo‘rt (cho‘yan) detallarning oquvchanlik yoki mustahkamlik chegaralaridan o‘tib ketganda sodir bo‘ladi; - charchash natijasidagi yeyilish-ishqalanayotgan detalga uning chidamlilik chegarasidan yuqoriroq davriy yuklamalar ta’siri oqibatida yuzaga keladi (masalan, podshipnik zo‘ldirlarining chopish yo‘laklari). b) Molekulyar-mexanik yeyilish: - adgezion yeyilish-ishqalanayotgan sirt materiallarining molekulyar ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday yeyilish mexanizmlarning moslashuv (chiniqtiruv) davrida kuzatiladi va mexanizmlarning tirnalishiga, harakatlanmasligiga va buzilishiga olib keladi. Shuning uchun moslashuv davrida avtomobillarga navbatdagi servis xizmati ko‘rsatilishidan oldin “bepul servis xizmati ko‘rsatish” belgilangan (GM-Uzbekistan avtomobillari uchun 1000...2000 km; Sam-Koch Avto - 3000...4000 km oralig‘ida); - atomlar tanlab o‘tishi sharoitidagi yeyilish - spirtglitserinli aralashma bilan moylanib ishlaydigan “po‘lat - bronza” juftlarida kuzatiladi. Bu sharoitda po‘lat detal yuzalarida qalinligi 1...2 mkm bo‘lgan mis parda hosil bo‘ladi va, natijada, ishqalanish kuchi taxminan 10 martaga kamayib, juftlikning yeyilishini sekinlashtiradi. Xuddi shunday hodisa “po‘lat - po‘lat” juftligida ishlaydigan mashinalarda, masalan, ro‘zg‘or sovitgichining kompressoridagi Freon aralashma bilan moylanadigan qismlarda ham kuzatiladi. v) Korrozion-mexanik yeyilish. Bunday yeyilish mexanik yeyilish va atrof-muhitning tajovuzkorona ta’siri ostida paydo bo‘lib, ishqalanish sirtlarida beqaror oksid pardalari hosil bo‘ladi, sirtlar mexanik ishqalanish natijasida sidiriladi va jarayon takrorlanaveradi. Bunday yeyilish zanglash elementlari (oltingugurt, organik kislotalar) ta’sirida tsilindr-porshen guruhlarida, gidrokuchaytirgichlarda, gidravlik yuritmali mexanizmlarda kuzatiladi[6]. Kichik tebranishlar va atrof-muhitning tajovuzkorona ta’siri ostida sodir bo‘ladigan yeyilishlar fretting-korroziya yeyilishlari deb ataladi (masalan, tirsakli val bo‘yinchalarining vkladishlari va u yotgan asos orasida); g) Kavitatsion yeyilish. Kavitatsion yeyilish suyuqlik oqimida paydo bo‘ladigan havo pufaklari yorilishi natijasidagi juda ko‘p gidravlik zarbalar ta’sirida r o‘y beradi. Avtomobilning ayrim detallari bunday buzilishga moyil (tsilindrlarning h o‘l gilzalari, suv nasosining parragi va boshqalar); d) Erozion yeyilish detalga nisbatan harakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz ta’sirida detal sirtidan metall bo‘lakchalarining ajralib chiqishida namoyon bo‘ladi. (Masalan , dvigatel klapani, karbyurator jiklyori va boshqalar). Download 27.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling