Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


SEMESTR bo‘yicha dastur mazmuni


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

SEMESTR bo‘yicha dastur mazmuni 
Tajriba ishi mavzulari. 
 
1- AMALIY MASHG’ULOT
 
Mavzu: Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalarni sinash usularini 
organish. 
Plastmassa materiallarning suv shimuvchanligini aniqlash. 
 
1. 
Ishning 
maqsadi: 
Talabalarga 
plastmassa 
materiallarni 
suv 
shimuvchanligini aniqlashni o’rgatish
2. Kerakli asboblar va jihozlar. 
1) qalinligi 3±0,2 mm va diametri 50±1 mm li disk. 
2) o’lchamlari 120x15x10 mm bo’lgan brus yoki diametri 100 mm bo’lgan, 
qalinligi 4±0,2 mm bo’lgan disk ko’rinishidagi namuna. 
3) materialni quritish uchun maxsus pech. 
3. Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi. 
1) Namunalarni quritib sinovga tayyorlash. 
2) Namunalarni kerakli suyuqlikda saqlangandan keyin maxsus pechlarda 
quritiladi va kerakli formula bilan materialni suv shimuvchanligi aniqlanadi. 
Suv shimuvchanlik-malum harorat va vaqt mobaynida sovuq yoki qaynoq suv 
ichida turgan biror namunaga shimilgan suv miqdoridir. 
U mg yoki foiz hisobida ifodalanadi va tekshirilayotgan namunaning qanchalik 
g’ovakligini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun presslangan yoki bosim ostida 
quyilgan disk shaklidagi namunalar ishlatiladi. Diskning diametri (50+1) mm 
qalinligi (3+0,2) mm ga teng. 
Agar tekshirilayotgan namuna list yoki qatlamli plastik bo’lsa, u holda 
tomonlarini o’lchami (50+1) mm ga teng bo’lgan kvadrat shakillaridagi namunalar 
kesib olinadi. Bunday namunaning qalinligi belgilanmaydi va u qanday bo’lsa 
shundayligicha olinadi. 
Biror profil shakildagi buyumlardan kesib olingan namunalarda ham sinash 
o’tkazish mumkin. Bunda ularning o’lchamlari quyidagicha bo’ladi: diametri 50 mm 
gacha bo’lgan sterjenlardan: uzunligi (50+1) mm va shu diametrli nahmunalar
diametri 50 mm gacha bulgan trubalardan; uzunligi (50+1) va shu diametrli 
namunalar; diametri 50 mm dan ko’p bo’lgan trubalardan esa namunalar truba 
devorlaridan qirqib olinadi. 
Bunda namuna uzunligi, eni va qalinligi (50+1) mm dan oshmasligi kerak. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling