Qisqa muddatga qo’yilgan yuk tasirida plastmassalarni statik egilishga sinash
GOST 4648 – 71 ga aosan bajariladi. Bunday sinash namunalarning egilishga bo’lgan
mustahkamlik chegarasini aniqlashga, yahni eng yuqori eguvchi momentning namuna
ko’ndalang kesimi qarshilik momentiga nisbati va shuningdek, sinalayotgan namuna
avvalgi holatidan sinash momentiga kelgandagi maksimal
egilishini topishga
asoslangan.
Ko’rilayotgan usul gaz bilan topldirilgan plastmassalar va qalinligi 1 mm dan
kichik bo’lgan listli materiallar uchun yaramaydi. Ular uchun maxsus sinash usullari
bor.
Sinash uchun namunalar presslash, bosim
ostida quyish va tayyor
zagatovkalarga mexanik ishlov berish yo’llari bilan olinadi. Keltirilgan usullar bilan
tayyorlangan namunalar bosim ostida quyishdan tashqari, topg’ri
burchak kesimli
brus shaklida bo’ladi. Ularning o’lchamlari 120x15x10 mm. Bosim ostida quyilgan
namunalar o’lchamlari esa 55x6x4 mm.
Namunalar maxsus ko’rsatma asosida sinashga tayyorlanadi.
Agar bunday
ko’rsatma bo’lmasa namunalar 20
0
S va havoning nisbiy namligi 65 % bo’lgan
sharoitda kamida 16 soat ushlab turiladi, keyin sinashga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: