Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Tutqichli kallak. 1-namuna, 2-ponasimon tishlagich, 3-kallak korpusi, 4-tortqi. Hisoblash
Ishni bajarish tartibi. Kesishga sinash uchun tayanchlar orasidagi masofa va
pichoqning namunaga yaqinlanish tezligi quyidagicha bo’ladi. Namuna qalinligi, mm 4,0 … 6,0. Tayanchlar orasidagi masofa, mm 15+0,5 pichoqni namunaga yaqinlanish tezligi, mm/min 2,0. Pichoqning namunaga yaqinlashish tezligi ham namuna qalinligiga bog’liq bo’lib, qalinligi nostandart bo’lgan namunalar uchun quyidagicha topiladi: V=0,5 h/t, mm/min; bu yerda: h – namuna qalinligi, mm; t – vaqt, u 1 min ga teng. 3-rasm. Tutqichli kallak. 1-namuna, 2-ponasimon tishlagich, 3-kallak korpusi, 4-tortqi. Hisoblash. Plastmassa namunalarini kesilishga bo’lgan mustahkamligi (σ kes ) quyidagi formuladan topiladi: σ kes = R/2F ; bu yerda: R-kesuvchi kuch, N ; Ye - namunaning ko’ndalang kesim yuzi, sm 2 . Sinash natijalari sifatida hamma parallel o’tkazilgan tekshirishlarning o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Plastmassalarning siljishidagi mustahkamligini aniqlash Plastmassalarni siljishga bo’lgan mustahkamligini sinash usuli, cho’zilish, siqilish va egilishga bo’lgan mustahkamligini sinash usullaridan davlat standartiga ega emasligi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu ko’rsatkichni aniqlashda yelimlangan materiallarning (metall, plastmassa va boshqalar) siljishga bo’lgan mustahkamligini aniqlash uchun GOST 14759-69 Davlat standartidan foydalaniladi. Yelimlangan materiallarning siljishdagi mustahkamlik chegarasi cho’zilishga sinaydigan mashinalarda amalga oshiriladi. Ularni sinash ishlari qanday sharoitda ishlatilishiga qarab oddiy, quyi va yuqori haroratlarda olib boriladi. Siljishga sinash usulini mohiyati ustma-ust yelimlangan standart namunani cho’zishdagi uzuvchi kuch miqdorini aniqlashdan iborat. Bu narsa namunaning bir bo’lagini boshqasiga nisbatan siljishita oladigan kuch kattaligidir. Siljishdagi mustahkamlik chegarasi cho’zilishga sinaladigan uzish mashinalarida aniqlanadi. Ular maxsus tutqichlar kallaklar bilan taminlangan bo’lib tutqichlar ko’rinishi 3- rasmda ko’rsatilgan . Sinash uchun olingan namunalar ikkita uzunchoq list ko’rinishidagi metall (yoki plastmassadan) iborat. Namunani shakli va o’lchamlari 4-rasmda ko’rsatilgan. Yelimli chokning yon atroflari sinashdan oldin tozalanadi. Sinash uchun olingan namunalarning umumiy soni 5 tadan kam bo’lmaydi. Namunalar sinashdan oldin 12 soat xona haroratida ushlab turiladi. Agar shu namunalar uchun xos texnikaviy xujjatlarda namuna tayyorlashda boshqa yo’llari ko’rsatilgan bo’lsa shunga amal qilinadi. 5-rasmda hisoblash uchun namunaning qaysi joylari o’lchanishi kerakligi ko’rsatilgan. Namuna qalinligi o’lchanib uning o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Yelimli chokning qalinligi yelimlangan joy kalinligi t dan yelimlanayotgan pallasi qalinliklari yigindisining ayrilganiga teng. Chizmada b masofa quyidagi formula orqali topiladi. Chizmada a 1 va a 2 masofalar ham o’lchanib ularning o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Namunalarni sinash mashinalarining orasiga o’rnatishdan oldin har bir namunada bir biridan 55 mm masofada ko’ndalang belgilar quyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling