Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
4-rasm. Ustma-ust elimlangan namunalar. 5-rasm. Namunalarni o’lchash sxemasi. Ishni bajarish tartibi. Sinash uchun tayyorlangan namunalar uzish mashinasining tutqichlari orasiga shunday o’rnatiladiki unda namunaning bo’ylama o’qi va tutqichlari o’qi bilan mos tushsin. So’ngra namuna uzilib ketguncha asta sekin kuch miqdori oshirilib boriladi. Sinov vaqtida mashina tutqichining harakat tezligi 10 mm/min. Davlat standarti bo’yicha sinashni tutqichlarning harakat tezligi 20 mm / min gacha olib borishga ruxsat etiladi. Sinash vaqtida namunani uzatishga olib keluvchi eng katta yuklanish miqdori belgilab olinadi. Sinash tugagach namunaning har ikki uzilgan qismi diqqat bilan kuzatilib ularning xarakteri aniqlanadi. Bunda yelimli tekislik bo’yicha ketishi yoki uzilishi yelimning o’zidan ketishi mumkin. Hisoblash. Yelimli birikmaning siljishdagi mustahkamlik chegarasi τ quyidagi formuladan topiladi. τ=P/F, MPa bu yerda: R – buzuvchi yuklanish, N; F – yelimlangan yuza, sm 2 . τ =a*b Bu yerda: a – yelim surkalgan joy uzunligi, sm; b – yelim surkalgan joy eni, sm. Sinash natijalari sifatida parallel o’tkazilgan tajribalarning o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. Plastmassalarni ikki tayanch orasida zarbiy egilishga sinash Plastmassalarning zarbiy kuchlarga bo’lgan mustahkamligini uning muhim xossalaridan biridir. Zarbiy mustahkamlik, ko’pincha, plastmassalarni sinflarga bo’lishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Masalan, FIAT firmasining normalarida avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar uchun faqat ikkita ko’rsatkich ularni sinflarga bo’lishda asosiy rol o’ynaydi. Ulardan biri zarbga bo’lgan mustahkamlik, ikkinchisi esa issiqqa chidamlilikdir. Zarbga bo’lgan mustahkamlikni aniqlash uchun oddiy asbob – mayatnikli ko’yor ishlatiladi. Mustahkamlik namunani sindirish vaqtida sarf bo’lgan ish miqdori bilan o’lchanadi. Zarbdan oldingi va keyingi mayatnik balandliklari ayirmasining mayatnik og’irligiga ko’paytmasi namunaning sinishida sarf bo’lgan ish miqdorini belgilaydi. Sindirish energiyasini namuna kesiminingn zaiflashgan yuziga nisbati zarbiy qovushoqlik deb ataladi. Zarbiy mustahkamlikni boshqacha qilib zarbiy qovushoqlik deb ataladi, chunki qovushoqlik materialni deformatsiya vaqtida energiyani Yutish va tarqatish qobiliyatini xarakterlaydi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling