Plastmassa materiallarni qattiqligini aniqlash
Plastmassalarning mexanik sifatini ularning qattiqligi bilan ham boholanadi.
plastmassaning qattqqligi unga qattiq boshqa bir materialni botish chuqurligi bilan
o’lchanadi.
Termoreaktiv polimerlar va ular asosida olingan materiallar eng Yuqori
qattiqlikka ega bo’lgan materiallardir. Yumshoq materiallar, masalan, polietilan, eng
kichik qattiqlik ko’rsatkichiga ega. Plastmassalarning qattiqligi Brenell tavsiya etgan
usul bilan aniqlanadi. Bu usulning mohiyati diametri 0,5 sm bo’lgan qattiq po’latdan
ishlangan sharcha – indentorni qattiqligi sinalayotgan material namunasiga
botirishdan iborat (8-rasm).Sharcha 60 sekund davomida qo’yilgan kuch olingandan
keyin, namunaning sirtida sharchaning izi qoladi. Bu iz sharcha segmentidir.
Namunaga qo’yiladigan kuchlar quyidagicha bo’ladi: 50; 135; 365; 980 H.
Namuna qattiqligiga qarab ayrim hollarda 1500 H gacha kuch qo’yish
mumkin. SHarchaga qo’yiladigan kuch miqdori uni namunaga 60 sekund davomida
botirib turganda materialda 0,013...0,036 sm o’lchamlik chuqurcha hosil bo’lishiga
qarab tanlanadi. Sharchaga qo’yilgan bosuvchi kuchning hosil bo’lgan segment
yuziga nisbati Brinell bo’yicha qattiqlik soni deyiladi.
Sinash uchun namunalar brus,
plastina holida bo’lib, ular maxsus
mashinalarda qoli’lash yoki tayyor
yarimfabrikatlarga
mexanik
ishlov
berish yo’li bilan olinadi. Bunda namuna
eni 15, qalinligi 4-10 mm dan kam
bo’lmasligi kerak.
Ishni bajarish tartibi. Sinash
uchun har partiya materialdan uchtadan
namuna olinadi, ularning har biri kamida
ikkitadan tekshirish o’tkaziladi. Namuna
stol ustiga qo’yiladi va uni po’lat
sharcha
bilan
topqnashguncha
ko’tariladi. Keyin sharchani qanchalik botganini ko’rsatuvchi indikator shkalasi nolga
keltirib qo’yiladi. So’ngra po’lat sharcha materialga R kuch tahsirida 60 sekund
botirib turiladi. Natijada namuna Yuzasida d diametrli iz – segment hosil bo’ladi.
Hisoblash. Brinell bo’yicha qattiqlik quyidagi formuladan topiladi:
;
)
(
2
2
2
d
D
D
D
P
Dh
Р
в
Н
Do'stlaringiz bilan baham: |