Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


-rasm. Standart namuna va uning o’lchamlari


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

9-rasm. Standart namuna va uning o’lchamlari. 
 
Kauchuk molekulalarining doimiy va chiziqli tuzilishi, reaktsiyaga 
kirishadigan funktsional guruhlarning bo’lishi va chiziqli molekulalarning bir - biri 
bilan ko’prikcha orqali bog’lanishi xarakteri ham rezina mustahkamligiga tahsir 
ko’rsatadi. Rezina mustahkamligiga ularning tarkibiga qo’shiladigan aktiv 
topldirgichlar hisobiga ham keskin ortadi, ammo elastiklik, xarakatlanuvchi zanjirlar 
soni kamayishi bilan pasayib ketadi. Xuddi shuningdek keragidan ortiq qo’shilgan 
plastifikatorlar ham mustahkamligini pasaytiradi. Bunga sabab shuki plastifikatorlar 
rezina namunalarida polimer makromolekulalarining o’zaro tortishuv kuchi 
zaiflashgan bo’ladi.  
Ishni bajarish tartibi: Vulkanizatsiya qilingan rezina plastinkasidan 6-7 
namuna kesib olinadi. Buning uchun rezina plastinkasini biror qattiq taglik ustiga 
qo’yib birgalikda kesuvchi pressning stolchasi ustida o’rnatiladi. So’ngra o’yib 
kesadigan pichoqni sovunli eritmaga botirib plastinka ustiga qirralaridan 1-2 mm joy 
qoldirib parallel o’rnatiladi. Keyin press stolchasi dastak yordamida yuqoriga traversa 


bilan topqnashguncha ko’tariladi va qo’yib yuboriladi. press stolchasi ustidan shtam’ 
va kesilgan namunalar olinadi. 
Bo’yoqqa tekkizilgan maxsus shablon bilan kurakcha (9- rasmga qarang) ss
1
va aa
1
chiziqlar belgilanadi. Kurakchalar mashina qisqichlari orasiga mahkam 
o’rnatiladi. Namunalar raqamlangan bo’lib har birining ish uchastka qism kamida 
o’rta nuqtasidan 0,01 mm aniqlikda ulchanadi. O’lchash davrida topilgan natijalar 
quyidagi 3-jadvalga yoziladi. 
3-jadval. Sinash uchun tanlab olingan namunalar o’lchash natijalari
Namuna 
raqami
Qalinligi , mm 
O’rtacha arifmetik 
qiymati 
1- o’lchash 
2-o’lchash 
3- o’lchash 
Sinash uchun tanlab olingan namunalar (23±2)
o
S haroratda kamida 1 soat 
konditsiyalanadi, so’ngra sinaladi. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling