Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
11-rasm. Rezina elastikligini mayatnik yordamida aniqlash sxemasi.
Tekshirish uchun qalinligi (6±0,25) mm li tsilindrik disk yoki topg’ri burchakli paralle’i’ed ko’rinishidagi namunalar ishlatiladi. Ularning diametri yoki tomonlarining o’lchami 40 mm dan kichik bo’lmaydi. Sinash uchun olingan namunalarning yuzi silliq, ko’zga ko’rinadigan nuqsonlarsiz va boshqa jasmlar aralashuvidan holi bo’lishi kerak. Ishni bajarish tartibi. GOST talabiga javob beradigan namunalar vulkanizatsiya qilingandan so’ng kamida 6 soat vaqt o’tgach sinaladi. Namuna qalinligi uch nuqtasidan o’lchanadi va ularning o’rtacha qiymati olinadi. Sinash boshlanmasdan oldin, mayatnik vertikal holatda turganda, shkala strelkasi «nolni», mayatnikning ish holati esa «100» ni ko’rsatib turishi kerak. Ishni boshlashdan avval namuna maydoncha ustiga o’rnatiladi va prujina yordamida zich siqib qo’yiladi. So’ngra tutqichni bosib, mayatnik qo’yib yuboriladi. U namunaga kelib urilib orqasiga qaytib so’nuvchi harakat darhol qaytadi. SHunda mayatnik orqasiga qaytib so’nuvchi harakat qilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida dastak yordamida avvalgi holatiga keltiriladi. Xudi shu tartibda yana ikki marta zarbiy kuch beriladi. Strelka nol xolatiga qaytarib qo’yiladi, mayatnik namunaga toprtinchi marta va strelka ko’rsatishi asbob shkalasidan ko’rib olinadi. Bu miqdor namunaning elastiklik ko’rsatkichi bo’ladi. Elastiklik bir namunaning o’zida, birg’biridan va namuna chetlaridan 10 mm ga farq qiladigan kamida uch nuqtasida sinaladi. So’ngra olingan namunalar jadvalga quyidagi tartibda yoziladi. 5-jadval. Sinash natijalarini yozib borish uchun jadval Namuna raqami Namuna qalinligi, mm Nuqtalardagi ko’rsatkichlar O’rtacha qiymati Elastiklik, % Chitga chiqishi, % 1 2 3 Ko’rsatkichlarning ±5 % chetga chiqilishiga yo’l qo’yiladi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling