Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lok-bo’yoq materiallarning qurish vaqti va qotish darajasini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi. Qovushoqlikni aniqlashga kirishidan avval viskozimetr
yaxshilab erituvchida artilgan va quritilgan bo’lishi kerak. Shundan keyingina uni vintlar yordamida shtativga gorizontal ravishda o’rnatiladi va uning so’losi tagiga sig’imi 100 ml dan ko’p bo’lgan stakan quyiladi. So’lo teshikchasi barmoq bilan berkitilib, idishga sinaladigan materialdan toplguncha inadi. Materialning ortiqcha qismi bo’lsa uni shisha tayoqcha bilan sidirib olib tashlanadi, so’ngra barmoq viskozimetr so’losidan olinadi va darhol sekundomer yurgizib yuboriladi. Materialning oqib tushishi tugashi bilan sekundomer ham topxtatiladi. Sinaladigan materailning viskozimetrdan oqib tushishi uchun ketgan vaqt shu material uchun shartli qovushoqlik bo’lib xizmat qiladi. Tajriba shu yo’sinda uch marta qaytariladi, bunda ish natijalarining bir-biridan 2,5 % dan oshmasligi kerak. Lok – bo’yoq materiallarning qovushoqligini haroratga bog’liqligini bilish uchun sinaladigan material termostat ichiga qo’yiladi, kerakli haroratgacha qizdiriladi va qovushoqligi yuqorida aytilgan usul bo’yicha aniqlanadi. Olingan natijalar quyidagi 6-jadvalga yozib chiqiladi. 6-jadval. Lok – bo’yoq materiallarning qovushoqligini aniqlash natijalari Lok-bo’yoq material markasi Lok-bo’yoq materialining tajriba paytidagi harorati, o S Qovushoqligi, s O’lchashlar O’rtacha qiymati, s 1 2 3 Olingan sinash natijalari asosida qovushoqlikni haroratga bog’liqlik grafigi chiziladi. Lok-bo’yoq materiallarning qurish vaqti va qotish darajasini aniqlash. Yupqa qilib surtilgan suyuq lok–bo’yoq aralashmasining qurib bo’yoq qatlamga (parda) aylanish protsessi qurish deb ataladi. Qurish vaqti quritish harorati, material turi, quritish usuli, parda qalinligi va boshqa faktorlarga bog’liq. Qurish protsessi asosan ikki bosqichdan iborat: changdan qurish va topla qurish. Eng yupqa sirtqi bo’yoq parda xosil bo’lish payti changdan qurish deb ataladi. Sirtga berilgan bo’yoq material qavatining batamom qotib bir xil parda hosil bo’lishi topla qurish deb ataladi. Hozirgi davlat standartlarida bu ikki bosqichni 1 dan 7 quritish darajalariga bo’lib ajratib berilgan. Changdan qurish 1-darajali bo’lib, 2 dan 7 darajalar esa topla qurishga mos keladi. Sinash uchun o’lchamlari 90x120 mm bo’lgan oyna plastinkadan foydalaniladi. Qurishning 1-darajasiga ketgan qurish vaqtini aniqlash. Sinalayotgan lok-bo’yoq material surkalgan oyna plastika, harorati doimiy 20±2 o C va havoning nisbiy namligi 65±5 % bo’lgan quritish shkafdan olib, bo’yoq pardaga og’iz bilan puflanadi (bunda plastinka 10 sm uzoqlikda turishi kerak). Bo’yoq yuzidan xira dog’larning paydo bo’lishi yupqa yuzaki pardacha hosil bo’lganidan darak beradi; bo’yoq pardachada og’izdan chiqqan bug’ kondensatsiyalanadi, bu esa bo’yoqning changdan qurishi tugaganligini ko’rsatadi. Sinash boshlangandan puflash natijasida xira dog’ paydo bo’lguncha o’tgan vaqt changdan qurishga ketgan vaqt bo’ladi. Qurishning 1-darajasiga ketgan qurish vaqtini aniqlash. Changdan qurish vaqti aniqlanib bo’lgandan keyin plastinka yana shkafga qo’yiladi va vaqti – vaqti bilan shkafdan olib bo’yoq qatlamining to’la qurishi tekshirib turiladi. Buning uchun plastinkaga diametri 26 mm bo’lgan qog’oz disk, uning ustiga diametri 22 mm va qalinligi 4 - 6 mm li rezinkadan yasalgan disk qo’yiladi. So’ngra rezina disk ustiga qurish darajasiga qarab yuk qo’yiladi. Masalan, qurishning 2-darajasi uchun ketgan vaqtni aniqlash uchun 20 g, 3-darajasi uchun 200 g, 4 va 5-darajasi uchun 2 kg, 6 va 7-darajasi uchun 20 kg og’irlikdagi yuklardan foydalaniladi. 1 soat vaqt o’tgach yuk va rezina disk olinadi, qog’oz diskli plastinkani esa qirrasi bilan biror yog’och buyum ustiga 2-3 sm balandlikka ko’tarib tashlab yuboriladi. Qurishning 2, 5 va 7 – darajalari uchun qurish vaqti sinash boshlangandan qog’oz disk bo’yoq parda ustiga yo’ishib qolmaguncha, yoki yuk qo’yilgan yuzada iz qolmaguncha o’tgan davr bilan hisoblanadi. Qurishning 4 va 6-darajalari uchun esa yuk qo’yilgan yuzada iz qolishiga ruxsat beriladi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling