Mikrometrik vint o’ziga o’zgarmas bosim berib turuvchi shiqildoq 5 va 0,01 mm
shkalali baraban 4 bilan biriktirilgan. Barabanning
bir marta topliq aylanishi
mikrometrik vintning 0,5 mm ga oldinga siljio’iga mos keladi. Halqaning bo’linma
chiziqlari 0,5 mm ga teng bo’lgan chiziqli shkala bilan tahminlangan.
Ishni bajarish tartibi. Sinaladigan parda qatlami ustiga diametri 5...6 mm ga
teng bo’lgan uchastkalar tanlanadi va u asos tomonidan
yumshoq grafit qalam bilan
belgilab qo’yiladi. Bo’yalgan plastinka mikrometrning o’lchovchi tekisliklari orasiga
qo’yiladi va shiqildoqni soat strelkasi yo’nalishida burab
plastinkaning belgilangan
uchastkasi o’lchovchi tekisliklar sirti bilan topqnashtiriladi.
Topqnashish momenti
shiqildoqning xarakterli tovushi bilan belgilanadi. Chiziqli
shkala va barabandagi
shkala ko’rsatkichlarining yig’indisiga qarab, plastinkaning parda bilan birgalikdagi
qalinligi topiladi.
So’ngra o’lchangan uchastkadan pichoq tig’i yoki erituvchi yordamida lok –
bo’yoq parda olib tashlanadi va shu yerdagi plastinka qalinligi o’lchanadi.
Xuddi shunday o’lchashlar parda hosil qilingan materialning 5-10
uchastkasida
qaytariladi. parda qalinligi t (mkm yoki mm) ikkita ko’rsatkichning ayirmasiga teng:
t=d-h;
bu yerda d – pardaning taglik bilan birgalikdagi qalinligi; h – taglik qalinligi.