Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

Muammoli savol: avtomobillarga qaysi hollarda kafolat berilmaydi? Kafolatni 
buzilishiga nimalar sabab bo‘ladi? 
 
Mavjud vaziyat 
Avtomobillar servisida quyidagi me’yoriy hujjatlar mavjud: Avtotransport 
vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qator davlat standartlari 
ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasining O’zDSt 1049:2003 standartida 
avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha umumiy 
talablar keltirilgan. Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik xizmat 
ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni 
o’rnatadi, belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlarga foydalanishga
xizmatlar va ularni bajaruvchilar haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvchilarning 
huquqlarini o’rnatadi. 
Muammoli savol: Avtoservis tarmog’i bo’yicha ishlab chiqilgan qaysi 
Nizomlar asosida servis xizmati amalga oshirladi? Avtomobilsozlik kompaniyalari 
tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan qanday me’yoriy 
hujjatlarni keltirish mumkin? Avtoservis korxonalari faoliyati bo’yicha qaysi 
me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin? 
  
 
Mavjud vaziyat 
Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning 
o’z avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga 
oshirishdir. Har qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi firma yoki kompaniya o’z 
avtomobillarini sotish va ularga servis xizmati ko’rsatish uchun “Diler” yoki 
“Distribyutor” bilan savdo shartnomasi tuzadi. Amalda avtomobilsozlik 
kompaniyalari firma usulida xizmatni tashkil etishning bir yoki bir necha 
variantlardan iborat kombinatsiyalarni qo’llaydilar. Masalan, Frantsiyaning “Reno” 
firmasiga qarashli avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda 13 


ming atrofida “Dilerlar” faoliyat ko’rsatadi, Italiyaning “Fiat” kompaniyasida esa
ularning soni 11 mingni tashkil etadi. O’zbekistonda ham firma usulida xizmat 
ko’rsatish shakllangan va oxirgi vaqtda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling