Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

Muammoli savol: BuYurtmachi-mijoz avtoservis korxonasi xizmatidan 
foydalanishi uchun dastlab qaysi ishlarni amalga oshirish lozim? Qanday 
avtomobillar servis korxonasiga qabul qilinmaydi? Avtoservis korxonasida 
avtomobillarga texnik servis qanday yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi? 
avtomobillarni texnik servisida qaysi ishlar majburiy o‘tkazilishi lozim? 
Avtomobillarni avtoservis korxonasida turish vaqti bir sutkadan ortib ketsa qanday 
amallar bajariladi? Avtomobillarga TX ko’rsatish va ta’mirlash ishlari uchun haq 
avtoservis korxonalarida qanday amalga oshiriladi? 
 
 


Mavjud vaziyat 
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan 
ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi. Avtomobillarning o’zida bajariladigan 
ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Ayrim ishchi postlar 
ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lishlari mumkin, masalan, moylash va 
moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g’ildiraklarni 
o’rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k. TXK va 
ta’mirlashning barcha umumiy ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni 
o’rnidan ajratib olish va o’rniga qo’yish va h.k.) universal postlarda bajariladi va bu 
ishlar katta hajmni tashkil etadi. 
Muammoli savol: Universal postlar, maxsus postlar va maxsuslashtirilgan 
postlar texnik servis ishlari qanday amalga oshiriladi? ularni mazmunini tushuntirib 
bering. Postlarda avtomobillarga texnik servisni ta’minlash uchun qanday texnologik 
jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiq? Texnologik jihozlarni xarkteristikasini 
aytib bering. TXKga kelgan avtomobillarda bajariladigan ishlar davriyligi va hajmi 
kim tomonidan o‘rnatiladi? 
Mavjud vaziyat 
Avtoservis korxonasining raqobatbardoshligini ta’minlaydigan omillardan 
asosiysi ko’rsatiladigan xizmat sifatidir. Avtoservis sifatiga mijozlar qo’yadigan 
talablar davlat qonunlarida aks ettirilsa, ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi.  
Muammoli savol: Avtoservis korxonasi raqobatbardoshlik darajasini 
oshirishning qanday asosiy yo’nalishlarini bilasiz? Avtomobillar servisi sifatini 
ta’minlovchi qanday huquqiy-me’yoriy hujjatlar mavjud?
Mavjud vaziyat 
Mijozning ishonchini, xohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun 
xizmat madaniyatini Yuqori darajaga ko’tarish lozim. Xizmat madaniyatining asosiy 
elementi bo’lib, xizmat ko’rsatish xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi. 
Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish estetikasi, interyer, xodimning 
estetik qiyofasidan iborat. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling