Davlatning o’rta va kichik biznesni tez sur’atlar bilan rivojlantirishga
qaratilgan siyosatiga asosan (avtoservis aynan shu toifaga kiradi) respublikamizning
barcha
shaharlari va hatto, qishloqlarida kichik quvvatga ega bo’lgan (1-2 postli)
ko’plab texnik xizmat punktlari va avtoustaxonalar ochildi.
Muammoli topshiriq: Hududdagi avtomobil yo‘llari va avtomagistrallardagi
avtousta-xonalar faoliyatini tahlil qilish va ulardagi kamchiliklar bo‘yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqish.
Mavjud vaziyat
Avtoservis sohasidagi ilg’or
xorijiy tajribalarga kelsak, avtoservis Yevropa,
AQSH va boshqa mamlakatlarda avtomobil sanoati va transporti bilan teng tarixga
ega, u bilan birga tug’ilib, birga hamkorlikda rivojlanib kelayapti. SHuning uchun bu
mamlakatlarda ko’rsatayotgan
xizmatlarning sifati ham, madaniyati ham Yuqori va
ko’lami kengdir. Rivojlangan mamlakatlar hududlarining barcha shaharlari,
qishloqlari va boshqa aholi yashovchi punktlari, shaharlararo yo’l bo’ylari, dam olish
zonalari turli darajada va xildagi avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalar tarmog’i
bilan qoplangan.
Muammoli topshiriq: mavjud avtoservis korxonasi
faoliyatini tahlil qilib,
rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanib, bu korxonalarni rivojlantirish uchun
qanday chora-tadbirlar taklif qilasiz?
Mavjud vaziyat
Avtomobillardan
turli maqsadlarda, turli yo’l va iqlim sharoitlarida
foydalanish, ularning turli xil ifloslanishiga olib keladi. Yuk avtomobili
kuzovlarining ifloslanishi tashiladigan Yuk turiga bog’liq bo’lib,
ular qum, tuproq,
ko’mir, qurilish materiallari va iste’mol mollari bo’lishi mumkin. Tashqi muhit, ya’ni
harorat, yog’ingarchilik va kuzovga yopishib qolgan iflosliklar ta’sirida bo’lgan
joylardagi bo’yoqning ximik va fizik xususiyatlari o’zgarib, Yuza asta sekin eskiradi.
Bularni oldini olish va TXK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, Yuvish va
quritish ishlari olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: