Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Plastmassa materialning moy, benzin va spirt ta’siriga chidamliligini aniqlash


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

 
Plastmassa materialning moy, benzin va spirt ta’siriga chidamliligini aniqlash. 
Plastmassalarning moy, benzin va spirt tahsiriga chidamliligini ularga shu 
Suyuqliklar tahsir etganda o’zlarining dastlabki fizik – mexanik xossalarini saqlab 
qolishlik xususiyatidir. Polimer materiallarga moy, benzin va spirt tahsir etganda 
ularda kimyoviy destruktsiya sodir bo’lishi mumkin. Natijada ularning fizik – 
mexanik xossalari (mustahkamligi, yuza qattiqligi elastiklik moduli va boshqalar) 
mahlum darajada o’zgaradi. Plastmasadan ko’pchilik detallar moy, benzin va spirt 
tahsiri bilan bog’liq bo’lgan sharoitda ishlatilganligi sababli ularning shu moddalar 
tahsiriga chidamliligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Moy, benzin va spirt tahsiriga chidamlilikni tekshirishda plastmassa
materiallardan olingan namunalarni bu agressiv suyuqliklardan biri 24 soat vaqt 
mobaynida uy haroratida 20+2 
0
C ushlab turilsa, ularning og’irligi o’zgaradi. Bu 
tajribada tekshirilayotgan material namunasi brus shaklida bo’lib, uning o’lchamlari 
(120+2)x(15+0,2)x(10+0,2) mm ga teng. 


Ishni bajarish tartibi. Tekshirilayotgan namunani massasi analitik tarozida 
0,001 g aniqlikkacha tortilib, sig’imi 500 ml shisha bankalarga solib quyiladi. 
Bankalar soni 3 ta bo’lib ular avvaldan mos ravishda benzin, transformator moyi va 
etil spirti quyilgan. Xar bir banki ichiga bir-biriga tegmaydigan qilib ikkitadan 
namuna solinadi va 24 soat xona haroratida qoldiriladi. So’ngra namunalarni qisqich 
(penset) yordamida chiqarib olinib filtr qog’oz bilan yaxshilab artiladi va qayta 
tortiladi. Namuna suyuqlik ichidan chiqarib olingan vaqtdan to uni tortguncha vaqt 
5 minutdan oshmaslik kerak. Namuna massasining o’zgarish foiz hissobida 
ifodalanadi.
Hisoblash. Agar namuna massasi tekshirishdan keyin ortgan bo’lsa keyin 
chidamlik quyidagi formula orqali topiladi. 
%
100
1
1
2



q
q
q
r

bu yerda, q
1
- namunaning tekshirishdan oldingi massasi, g,
q
2
- namunaning tekshirishdan keyingi massasi, g.
Agar namuna massasi Suyuqlik ichida malum vaqt o’tgandan keyin kamayib 
ketsa u holda hisoblash formulasi quydagicha bo’ladi va natija manfiy (minus) belgi 
bilan ifodalanadi.
%
100
1
2
1



q
q
q
r

bu yerda, q
1
, q
2
yuqoridagining o’zi. Odattda 3 tadan namuna tekshirilib 
o’rtacha arifmetik qiymati olinadi. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling