Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
-rasm. Ikki tayanchli zarbiy egilishda namunaga yuk qo’yish sxemasi
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
6-rasm. Ikki tayanchli zarbiy egilishda namunaga yuk qo’yish sxemasi.
6-rasmda ikki tayanchli zarbiy egilishda namunaga yuk qo’yish sxemasi keltirilgan. Zarbiy qovushoqlikni aniqlash quyidagi ko’rsatkichlarni topishga imkon beradi: A) o’yiqchasi bo’lmagan namunaning zarbiy qovushoqligi, yahni shunday namunani sindirish uchun sarf bo’lgan ish miqdorini uning ko’ndalang kesim yuziga nisbati; B) o’yiqchasi bo’lgan namunaning zarbiy qovushoqligi, yahni shunday namunani sindirish uchun sarf bo’lgan ish miqdorini uning ko’ndalang kesim yuziga nisbati; V) zarbiy qovushoqlikning susayish koeffitsienti, yahni o’yiqchasi bo’lgan namuna zarbiy qovushoqligining o’yiqchasi bo’lmagan namuna zarbiy qovushoqligiga nisbati. Sinash ishlari namuna o’rnatish uchun ikkita tayanch nuqtasi bo’lgan mayatnikli ko’yorda o’tkaziladi. Asbobning sxemasi 7-rasmda ko’rsatilgan. Namunaning o’rta qismiga zarbiy kuch mayatnik orqali beriladi. Mayanikning tebranish tekisligi tayanchlar ustiga o’rnatilgan namunaning bo’ylama o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Mayatnikning tushish tezligi 2,9...3,8 m/s. List, plita, sterjen va shunga o’xshash materiallardan namunalar mexanik ishlov berish yo’li bilan tayyorlanadi. Kukun holidagi reaktoplastlardan esa namunalar presslash, termoplastlardan bosim ostida quyish yo’li bilan olinadi. Ishni bajarish tartibi. Sharpi usuli bilan sinash o’tkazilganda ikki tipdagi namunalar olinadi: o’lchami 10x15x120 mm li brus va o’lchami 4x6x50 mm bo’lgan kichik brus. Sinashdan oldin namunaning qalinligi va eni o’rtacha qismidan 0,01 mm aniqlikkacha o’lchanadi hamda ko’ndalang kesim yuzi topiladi. Tayanchlar orasidagi masofa, namuna qalinligi 5 mm dan kichik bo’lsa 40 mm, 5 mm dan katta bo’lsa 70 mm ga teng qilib olinadi. So’ngra sinashni boshlab, asbobning pastki qismiga joylashgan ikkita tayanch ustiga namuna, zarbiy kuch uning keng tomoni bo’ylab tushadigan qilib o’rnashtiriladi. Mayatnikni yuqori holatga ko’tarib(160 o ) maxsus tutqichga ilib qo’yiladi. Shkala strelkasi yoki dvijok quyi holatga keltiriladi, keyin tutqichni bo’shatib mayatnik erkin tushirib Yuboriladi. Bunda mayatnik pastga tushayotganda namuna bilan topqnashadi, uni sindirib orqa tomonga o’tadi va malum balandlikkacha ko’tariladi. Mayatnik bu ko’tarilishida strelkani yoki dvijokni birmuncha tepalikka olib chiqadi. Natijada strelka yoki dvijok shkalada namunani sindirishida sarf bo’lgan ish miqdorini yoki mayatnikni necha gradus burchakka orqaga ko’tarilganini ko’rsatadi. Hisoblash. Namunalarni zarbiy qovushoqlikgi quyidagicha topiladi Dj/m 2 (1kgk•sm/sm 2 =980,7 Dj/m 2 ): h b A n а bu yerda: A-namunani sindirish uchun sarf bo’lgan ish miqdori, Dj; b – namunani eni, sm; h - namunaning qalinligi, sm. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling