Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

V. KEYSLAR BANKI
Mavjud vaziyat 
Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalardan paddonlar, suv 
saqlash uchun idishlar, Suyuqlik bilan ishlatiladigan tizimlar uchun detallar ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. Elastik poliefirli smolalardan ko’proq mebel, turli xil 
tugmalar, yog’och materiallariga rezba ochish uchun qoliplar tayyorlashda 
foydalaniladi. Bikr poliefirli smolalardan zarb ta`siriga chidamli bo’lgan buyumlar: 
himoya niqoblari (shlemlari), avtomobillar va samolyotlar detallari ishlab chiqariladi. 
Kam cho’kindili poliefirli smolalardan avtomobillar va elektr jihozlari detallari 
tayyorlashda foydalaniladi. Atmosfera ta`siriga chidamli smolalardan qoplamalar
tashqi panellar ishlab chiqariladi. Kimyoviy ta`sirlarga chidamli smolalardan ishqorli 
va kislotali muhitlarda ishlatiladigan sig’imlar, trubalar va boshqa detallar ishlab 
chiqariladi. Issiqlik ta`siriga chidamli smolalardan elektr jihozlari detallari, panellari, 
harbiy kemalarning korpuslarini tayyorlashda foydalaniladi. 
Muammoli savol: Yuqoridagi poliefirli smolalar xususiyatlaridan kelib chiqib, 
transport vositalari qanday detallari tayyorlandi? 
 
Mavjud vaziyat 
Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo`llanilish sohalari. Epoksidli 
smolalar-makromolekulasida 
epoksid 
guruhi bo’lgan sintetik smolalardir.
Epixlorgidrinning fenollar, aminlar va boshqa moddalar bilan o’zaro ta`sirlashishidan 
hosil bo’ladi. Epoksidli smolalar ishqorlar, Yuvuvchi moddalar, oksidlovchilar va 
ko’pgina anorganik kislotalar ta`siriga chidamli, Yuqori mustahkamlikka, yaxshi 
elektroizolyatsiya xossalariga ega, kam kirishadi, yaxshi yopishadi. Epoksidli 
smolalar ko’pchilik tolasimon kompozitlar uchun eng yaxshi bog’lovchi 
materiallardan biridir. Turli xil kompozitsion materiallar va konstruktsion detallar 
ishlab chiqarishda epoksid smolalardan keng foydalaniladi. Ulardan germetiklovchi 
kompanendlar, press-kukunlar va yelimlar tayyorlashda ham foydalaniladi. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling