Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

Muammoli savol: avtoservis nechta davrga bo‘linadi va bu davrlar mazmunini 
tushintirib bering. 
Mavjud vaziyat 
Avtomobillarga servis xizmati ko’rsatish avtomobilsozlik kompaniyalarning 
distribYuterlari yoki dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, “Djeneral 
Motors Uzbekistan” (qisqacha “DJM Uz”) yopiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun “Kafolat siyosati va amallar bo’yicha 
Yo’riqnoma”sida distribyuterlar yoki to’g’ridan-to’g’ri “DJM Uz”ga bo’ysinuvchi 
dilerlar tomonidan bajariladi. 
Muammoli savol: avtomobillarga servis xizmati ko`rsatishda distribYuterlar 
yoki dillerlar uchun qanday asosiy ko’rsatmalar keltirilgan?
Mavjud vaziyat 
Avtomobil zavodining kafolat majburiyatlari “Avtomobillarga kafolatli texnik 
xizmat ko’rsatish Nizomi”da va uning servis kitobchasida keltirilgan bo’lib, 
avtomobilning texnik soz holatini ta’minlash bo’yicha bajariladigan amallar 
majmuasidan iborat. 
Avtomobil zavodlari kafolatli texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlariga 
katta ahamiyat beradilar, chunki bu ularning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaridan biri 
bo’lib, dunyo bozoridagi mavqeyini belgilaydi. Kafolat davri avtomobil ishlab 
chiqaruvchi zavod tomonidan, oylarda yoki avtomobilning bosib o’tgan masofasi 
bilan belgilanadi. Misol uchun, “DJM Uz” avtomobillari uchun kafolat davri 12 oy 
yoki 20 ming km belgilanib, ulardan qaysi biri oldin tugasa, bunda kafolat davri 


tugagan hisoblanadi. Ammo kafolat davri avtomobil zavodidan jo’natilgan sanadan 
boshlab 18 oydan oshmasligi lozim. 
Muammoli savol: avtomobilsozlik zavodlari tomonidan avtomobillarni qaysi 
agregat va qismlariga kafolat beriladi va qaysilariga kafolat berilmaydi? 
Avtomobillarni qaysi agregat va qismlari avtomobillar ehtiyot qismlari sirasiga 
kirmaydi? Kafolat davrida avtomobilga nechta xizmat ko‘rstaish turi o‘tkaziladi va 
ular qaysilar? Kafolat davrida avtomobil ustida texnik servisda bajariladigan amllar.
Mavjud vaziyat 
“DGM Uz” avtomobillari uchun kafolat davrida navbatdagi texnik xizmat 
ko’rsatish davriyligi me’yorda belgilangandan 250 kmdan yoki 7 kundan oshmasligi 
lozim. Kafolat davrida o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishning profilaktik 
ishlaridan tashqari agregat, tizim va uzellarni texnik holati ham tekshiriladi, uchragan 
nosozliklar bartaraf etiladi. Bu nosozliklarni bartaraf etish kafolatli ta’mirlash yo’li 
bilan bajariladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan 
ekspluatatsiya qoidalari buzilmagan taqdirda kafolatli ta’mirlash zavod hisobidan, aks 
holda mijoz hisobidan amalga oshiriladi. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling