Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
XII. TORMOZ BOSHQARMASI
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
138
XII. TORMOZ BOSHQARMASI X II.l. Tormoz boshqarmasining vazifasi, talablar, tasnifi, qo‘lIanilishi Agar yetakchi g‘ ildiraklarga burovchi moment uzatilmasa, avtomobil tashqi qarshiliklar ostida asta-sekin to‘xtaydi. Lekin bu holda to‘ xtash yo‘ li uzayib ketadi. Avtomobilning qisqa masofada to‘xtatish uchun sun’ iy (ichki) qarshilik kuchini hosil qilishi kerak. Bu vazifani tormoz boshqarmasi (tormoz boshqarmasi) bajaradi. Tormoz boshqarmasi avtomobilni sekinlatish yoki to'xtatish va to‘xtab turgan avtomobilni cheklanmagan vaqt mobaynida joyidan qo‘zg‘almasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Tormoz boshqarmasi o ‘z vazifasini samarali va ishonchli bajarishi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi. - GOST talablari bo‘yicha avtomobil maksimal sekinlashishiga va minimal tormoz yo‘ liga ega bo‘ lishi kerak; - tormozlanganda avtomobil turg‘unligini yo‘qotmasligi kerak; - qayta-qayta tormozlanganda tormozlash xususiyatlarini o‘zgar- masligi kerak; - tormoz boshqarmasi minimal vaqtda istiga tushishi kerak; - tormoz boshqarmasi kuzatish qobiliyatiga ega bo‘ lishi kerak; - tormoz tizimlari oson boshqarilishi kerak; - tormoz tizimlari tormozlash paytida tovushlar, hidlar chiqarmasligi kerak; - tormoz tizimlarini barcha qismlari va detallari kafolatli ishonchli bo‘ lishi kerak; - tormoz boshqarmasini tizimlari yoki konturlari ishdan chiq- qanligi haqida haydovchiga xabar yetkazilishi kerak; - umumiy talablar. Tormoz boshqarmasi quyidagi to‘ rtta tormoz tizimlaridan iborat: 1) Ishchi (asosiy) tormoz tizimi (vazifasi - avtomobilni sekinlatish yoki to‘xtatish); 2) T o‘xtatib turish (qo‘ l) tormoz' tizimi (vazifasi - avtomobilni joyida ushlab turish); 3) Zaxira (avariya) tormoz tizimi (vazifasi - ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni to‘xtatish); 139 4) Yordamchi (qo‘shimcha) tormoz tizimi (vazifasi - avtomobil uzun qiyaliklarda pastga harakatlanganda uning tezligini cheklash). Barcha tormoz tizimlari o ‘z navbatida ikki qismga bo‘ linadi, ya’ni tormoz mexanizmlari va tormoz yuritmalari. 12.1-rasm. Ishchi tormoz tizimi sxemasi: /-tormoz diski; 2-oldi g‘ ildirak tormoz mexanizmi skobasi; 5-oldingi kontur; ^-asosiy tormoz silindri; 5-bachok; б-vakuum kuchaytirgich; 7-turtkich; 8-tormoz pedali; 9-ulagich; Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling