Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari» kafedrasi «Dasturlash tili va texnologiyalari(C#, Python)»


Download 410 Kb.
bet3/7
Sana01.03.2023
Hajmi410 Kb.
#1240885
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhamadil Kurs ishi

Muhitning asosiy oynasi


Loyiha yaratish uchun Visual Studio.NET ni ishga tushirgandan sо‘ng asosiy menyuda File • New • Project komandasini tanlash zarur. Ochilgan muloqot oynasining chap tomonidagi Visual C# Projects punktni tanlash zarur, о‘ngda esa Console Application punktini. Name maydonida loyiha nomini kiriting, agarda kompyuterda kо‘rsatilgan joy sizni qanoatlantirmasa Location maydonida esa uni diskda saqlash joyini kо‘rsating. OK knopkasini bosganingizdan sо‘ng muhit yechim va loyihani siz kо‘rsatgan nomda yaratadi. Ekranning tahminiy kо‘rinishi 0.1-rasmda keltirilgan. Ekranning yuqori qismida asosiy menyu ((File, Edit, View va hokazo bо‘limlari bilan) va (toolbars) uskunalar paneli joylashgan. Muhitda uskunalar paneli juda kо‘pdir, agarda ularni hammasini (View • Toolbars...) ishga tushirsa, ular ekranning yarmini egallab oladi.





0.1-rasm. Konsol ilova yaratilgandan sо‘ng ekranning taxminiy kо‘rinishi


Ekranning yuqori qismining chap tomonida Solution Explorer loyihani boshqarish oynasi joylashgan (agarda u akslantirilmagan bо‘lsa, asosiy menyuning View • Solution Explorer komandasidan foydalaning). Loyihaga kiruvchi hamma resurslar sanab о‘tildi: kutubxonaga murojaat (System, System.Data, System.XML), fayl yorlig‘iga (App.ico), (Classl.cs) klass dastlabki matn fayl va axborotni yig‘uvchi fayl (Assemblylnfo.cs).


Bu oynada о‘zga axborotni ham kо‘rish mumkin, agarda Class View bayonchasiga о‘tilsa, yorliq oynaning quyi qismida joylashgan. Class View bayonchasida ilovaga kiritilgan barcha klasslar rо‘yxati keltirilgan, ularning elementlari va uning avlodi. Oynaning chap quyi qismida Properties hossasi oynasi joylashgan (agarda u akslantirilmagan bо‘lsa, asosiy menyuning View • Properties komandasidan foydalaning). Oyna xossasida oldingi bо‘limda aytilgandek, yig‘ma kompilyator ishining natijasi hisoblanadi va u oraliq til kodini hamda maxsus ma’lumotni о‘z ichiga oladi, ajratilgan elementning asosiy tavsifini akslantiradi. Misol, fayl nomini о‘zgartirish uchun, unda Classl sinfi saqlanadi, bu faylni loyihaning boshqarish oynasida ajratib belgilash kerak va FileName xossasiga yangi qiymat hossalar oynasi beriladi (Enter tugmasini bosish bilan ma’lumot kiritish yakunlanadi).
Ekranning asosiy maydonini oyna tahrirlagichi egallaydi, unda dastur matni joylashadi, muhit yordamida avtomatik ravishda tuzilgan. Matn karkasni namoyish qiladi, unga dasturchi zaruratga qarab kod qо‘shadi. Kalit (zaxiradagi) sо‘zlar kо‘k rang bilan, eslatmalar turli tiplarniki – kul rang va tо‘q-yashil rang, qolgan matnlar qora rang bilan akslanadi. Matn chap tomonida simvollar tuzilmasi turadi: ixtiyoriy minus kvadratiga chertib shu blokka kirgan kodlarni yashirish mumkin. Unda minus belgi plyusga aylanadi, unga yana chertib, bu blokka tegishli kodni ekranga chiqarish mumkin. Bu muhit yaxshi vizual tuzilmali koddir va fikrni kerakli fragmentlarga fokuslash imkonini beradi.



Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling