Trenerlik metodikasi
VII bob. SPORT MASHG‘ULOTINI DAVRLASH
Download 1.85 Mb.
|
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov) (4)
VII bob. SPORT MASHG‘ULOTINI DAVRLASHMashg‘ulot jarayonidagi davriy o‘zgarishlarning sabablari va shartlariSport formasining tashkil topishi, saqlab turilishi va vaqtincha yo‘qotilishi nihoyatda aniq mashg‘ulot1ar ta’siri natijasida ro‘y be- radi. Sport formasining taraqqiyot fazasiga qarab ularning xarak- teri o‘zgarib turadi. Shunga muvofiq mashg’ulot jarayoni uch davrga bo’linadi: sport formasiga kira borish uchun zarur sabab va sharoitlar yaratiladigan davr (tayyorlov davri); sport formasini saqlab turadigan va uni sport yutuqlariga aylantiradigan davr (musobaqalar davri); zaruriyat tufayli sportchiga faol dam olishga imkon beradi- gan davr. Bu davr mashg‘ulotning kumuliyativ effekti o‘ta mashq ko‘rganlikka o‘tib ketishi oldini oladi va shu bilan sport takomili- ning ikki bosqichi o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlaydi (o‘tish davri). Tayyorlov davri (uning umumtayyorgarlik hamda maxsus tay- yorgarlik bosqichlari) sport formasini umumiydan maxsus jis- moniy tayyorgarlikka sekin-asta o‘tishdagi vazifalarni, masala- larni yechadi, so‘ngra unga texnik va taktik yo’nalishdagi katta vazifalarni kiritadi. Boshqa ketma-ketlik unchalik samarali emas, chunki jismoniy tayyorgarlikning sezilarli darajada oshishi, ko‘payishi musobaqali mashqlar xususiyatlarining o’zgarishini talab qiladi, bu esa bo‘lajak texnik tayyorgarlikni qisman bo‘lsada qadrini yo‘qotadi. Musobaqa davri (musobaqadan oldingi bosqichni ham hisob- ga olgan holda) sport formasini rejalashtirilgan sport natijalari- ga erishish maqsadida tiklash tufayli yuqori musobaqa imkoni- yatini yaratishni ta’minlashi lozim. Buni amalda qo‘llash o‘ziga yarasha, ya’ni sportchi holatini musobaqalar ta’sirida nazorat qilish kabi murakkabliklarga ega. Qo’shimcha qiyinchiliklar ko‘pincha bir qancha sport turlari bo‘yicha musobaqalar taqvi- mining cho‘zi1ishiga olib keladi hamda bir necha oy davomida musobaqa imkoniyatini yuqori bosqichda ushlab turish zarurati- ni uyg‘otadi. 29
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling