Trening mashqlari


Ijtimoiy psixologik treninglar uchun stsenariylar va munozaralar uchun ayrim mavzular


Download 143 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi143 Kb.
#1212890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Trening mashqlari

4.3. Ijtimoiy psixologik treninglar uchun stsenariylar va munozaralar uchun ayrim mavzular.
1. Boshlovchi har bir ishtirokchi kuliga aloxida kartochkalarda "LIDER" va "Farosat" so’zlarini berib chikadi. So’zlardagi harflar vertikal kurinishda yozilgan bo’lib, ishtirokchi har bir harfning ruparasiga usha bilan boshlanadigan o’zidagi shaxsiy sifatlarni ko’p uylanmay yozib chikishi kerak
Maqsad: shaxsning o’zini o’zi anglash va o’ziga nisbatan senzitivlikni
anitslash.
2. "SUD YIGILIShI". Unda quyidagi rollar bo’ladi: sudya, advokat, jamoatchilik vaqili, er, xotin, kaynona, kaynota. Vaziyat. er xotinining ko’prok jamoat ishlari-dan bandligidan norozi. Uningcha, xotin uy ishlarini bajarishi, konkret vaziyatda u yo ishni, yoki oilani tanlashi kerak Maqsad: rolli o’yin vositasida ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o’zaro murosa yo’llarini qidirish.
3. "SAVOLLAR QALAY?" o’yini. Bunda gurux a'zolari juftliklarga bo’linib, doyra shaqlida joylashadilar va ichkari tomonda to’rganlar tashkaridagilarga 30 sekund mobaynida o’z xayotlari haqida gapira boshlaydilar. Unda oxirgi paytlarda xayotda yo’z bergan voqea, faxrlanish ob'ektlari, shirin taassurotlar haqida gapirish mumkin. 30 sekunddan keyin rollar almashinadi. O’yin gapirish va tinglash malakalarini, o’zi haqida gapira olish san'atini, lunda va qisqa gapirish kabi qator sifatlarni tarbiyalaydi.
4. "KOSMIK TEZLIK" o’yini. Asosiy qurol – to’pcha koptokni T-gurux a'zolari doyra shaqlida turib, tez-tez bir-birlariga o’zatishlari kerak lekin uni yonidagiga berib bo’lmaydi. Agar qisqa muddatda har bir gurux a'zosi kamida bir marta bexato tupni kulga kiritgan bo’lsa, usha gurux golib xisoblanadi. Bunda guruxdagi harakatlar muvofikligi, psixologik moslik harakatlarning birligi, tez va to’g’ri karor chiqara olish kabilar sinaladi.
5. "BOTQOQLIK" o’yini. Buning uchun karton kogozdan tayyorlangan o’rtacha kattalikdagi "likopchalar" kerak bo’ladi, ularning soni 9 ta bo’lgani
ma'kul. Gurux a'zolari kagor bo’lib, birin-ketin tarelkalarni bosib, botqoqlikdan uta boshlaydilar, atrofda esa karokchi "timsoxlar" bor. Ular bushab qolgan tarelkalarni olib kuyadilar. Maqsad - har bir gurux a'zosi tarelkalardan oyokni o’zmasligi, xech bo’lmaganda, bir oyokni uchi bilan ularni bosishi kerak Agar gurux a'zolari ittifok bo’lib, ular harakatlarida muvofiklik yo’zaga kelsa, albatta botqoqlikdan mag’lubiyatsiz o’tadilar va birorta likopchani timsoxlarga bermaydilar.
6. "TELEFON" o’yini. Gurux a'zolari navbat bilan telefonda o’zi tanlagan abonent bilan 30 sekund mobaynida o’zi xoxlagan mavzuda gaplashadi. Ko’zatuvchilar uning o’zini tutishi, klient bilan muomalasi, narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o’rtasidagi yakinlik o’zaro munosabatlarni taxlil qiladilar va keraqli maslaxatlar beradilar.
7. "INTERVYU" o’yini. Boshlovchi va protagonist interver sifatida turli toifali shaxslardan (vazir, artist, rektor, maktab direktori va xokazo) intervyu olinishi aytiladi, u o’zi bir a'zoni shu rolga tavsiya etadi. Taxlilda nima uchun aynan shu kishi shu^olga tavsiya etilgani haqida ham fikr bildiriladi. "O’zga bo’lish san'ati" va oliy darajali muloqot texnikasi mashq qilish.
8. "XUShOMAD Qilish" o’yini. Gurux a'zolari bir-birlariga xushomad qila boshlaydilar. Maqsad: guruxdagi shaxslararo tanglikni bartaraf etish va psixoemotsional engillik berish.
9. "OMMA OLDIDA ChIKISh Qilish". Bu o’yinga a'zolar oldindan tayyorgarlik kurishgani ma'kul. Chunki bunda ma'lum vaqt davomida notiklik maxorati va gu-ruxga murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish va eshitish san'atlari mashq silinadi.
10. Breynstorming uchun quyidagi mavzularni taqlif qilish mumkin:
_Yomon rahbar- 6u
- Yaxshi ("yomon") ma'ro’za - bu ......
- Men loqaydlik qilsam ........
XXI asr yoshlari qanday bo’ladi?
- Boshqa planetalardagi tirik mavjudotlar -
11. 2 minut vaqt ichida turli mavzularda ommaviy ma'ruzalar matnini tayyorlash yoki krralash. Mavzular -"Yoshlar muammosi", "O’zbek ayollari
masalasi", "Rahbarlik mansabmi yoki talantmi?", "Kishlok turmush tarzi" va
12. "Uchrashuv" mavzusida rolli o’yinlar. Bir holatda notanish odamlar, ikkinchi holatda tanish odamlar uchrashib qoladilar. Trening ishtirokchilari "Uchrashuv" qatnashchilarining o’zaro muloqoti, o’zini tutishlarini turli variatsiyalarda sinab, so’ngra muxokama qiladilar.
13. "TANIShUV" : Turli yosh, jins, kasb-kordagi shaxslarning tanishuvchi saxnalari turli variantlarda o’ynaladi.
14. "O’ZINI TANISHTIRISH" o’yini. 2 minutda har bir ishtirokchi o’zi haqida xoxG`1agan narsalarni aytib berishi va so’ngra aytilganlar video yoki audiokasseta-lar vositasida kaytarilib, shaxsning o’zi va gurux tomonidan taxlil qilinadi.
15. "SALOMLAHish". Trener gurux a'zolarini doyra qilib o’tkazib, so’ng ularni har biri 2-3 kishidan iborat guruxchalarga ajratadi. Salomlahish mana bu so’zlardan to’zilgan; andik sandik chandik xormang, tolmang. Barcha ishtirokchilar salomlahishni bir vaqtda aytadi. Salomlahish bakirmasdan, balki bir tekis nafas olib talaffo’z qilinadi. Nixoyat qandaydir
"apchxi"ga o’xshash so’z xosil bo’lishi kerak U 2 - 3 marta takrorlanadi.
16. "Tugilgan kunga sovga ". Trening a'zolaridan biri gurux oldiga chiqib o’tiradi. o’yinning hamma ishtirokchilarining vazifasi, o’tirgan kishining tugilgan kuniga har bir ishtirokchi individual tarzda sovga qilish. "Sovga berish" tugaganidan so’ng, yima uchun aynan shu sovga qilinganligi asoslanib berilishi kerak Mashqning ma'nosi: "Atrofingdagilar nechoglik seni turli-tuman, seni turlicha yoktiradilar va idrok etadilar". Guruxning har bir a'zosi, trenerning o’zi ham "imeninnik" rolini bajarishi mumkin. Bu erda trenerning vazifasi - o’z-o’zini boshqarish muammosiga ko’prok; e'tibor berish.
17. "TANIHISH". Trenerning ko’rsatmasiga binoan uning ung yoki chap tomonida to’rgan ishtirokchilardan bittasi o’z ismini aytadi. Ikkinchi ishtirokchi esa birinchi-sining va o’zining ismini aytadi. Treningning uchinchi ishtirokchisi esa, birinchisining, ikkinchisining va o’zining ismini aytadi va shu tarika oxirigacha davom etadi. Treningning oxirgi ishtirokchisi birinchisidan boshlab, to gurux a'zolarining hammasini va o’zining ismini aytadi. Gurux a'zolarining bir-biri bilan tanihishi mana shu tarzda amalga oshadi. Agar gurux a'zolari tanish bo’lsalar, ikkinchi turda har bir ishtirokchi o’ziga "taxallus" (gul, meva, badiiy qaxramon, planetalar nomi kabi) uylab topib, keyin usha taxallus buyicha o’zini "tanishtiradi". Bu mashq ham shaxs-lararo chinikish, xotirani mustaxkamlash, emotsional tanglikning oldini olish kabi maqsadlarda xizmat qilishi mumkin.
18. "INKOR ETILGANLAR" o’yini. Munozara yoki breynshtorming usuli yordamida jamiyatda inkor etilganlar toifasiga kiruvchilar va ularning paydo bo’lish omillari hamda shundaylarga yordam choralari haqida fikr almashiniladi. Ma'lum muddat utgach, guruxning o’zida ayrim belgilar asosida a'zolar toifalarga bo’linib, trener boshchiligida tabiiy eksperiment nuli bilan "inkor etilganlikni xis qilish" o’yini tashkil etilishi mumkin.
"O`Z O`RNINGNI TOP".
Agar auditoriyada u yoki bu mavzu bo`yicha tortishuvlar vujudga kеlsa bu mеtod yordamida muammoning еchimini topish mumkin. Undan ko`pincha darsning kirish qismida foydalanishadi va o`tilayotgan mavzuni o`rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, talabalarga o`z fikrini bayon qilishga, muloqot ko`nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo`ladi. Uchinchidan, dars so`ngida o`qituvchi tomonidan mavzuni o`zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1. Auditoriyaning qarama — qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga "roziman", boshqasiga "rozi emasman" dеgan so`zlar yozilishi kеrak. Plakatlarda ba'zi bir mavzuga oid savollar bo`yicha bildirilgan qarama — qarshi fikrlar ham yozilish mu^mkin. Masalan: "anjir gullaydi va mеva tutadi". yoki "aijir gullamasdan mеva tugadi"
2.Darsni tashkil etish qoidalari muxokama qilinadi.
3. qaralayotgan muammo yuzasidan o`z fikrlariga mos kеladigan— plakat yoniga borish zarurligi talabalarga taklif etildi.
4.Bo`lingan talabalardan o`z qarashlarini asoslash so`raladi. Bu paytdan bir guruhdan ikkinchi guruhga o`tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinf talabalarining hammasi jalb etildi.
5. Muammo bo`yicha fikrlar bildirilgach talabalar ichida munozara davomida o`z nuqtai nazarini o`zgartirganlar va boshqa guruhga o`tuvchilar bo`lishi mumkin. Bunday xollarda ular o`z o`rnini o`zgartirish sabablarini asoslashi kеrak bo`ladi.
6. Ishtirokchilardan opponеntlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan talabalarni aniqlash so`raladi.

"O‘zimizni qanday tutamiz"


Maqsad: Turli xulq harakatlarini ko‘rib chiqish va ularning muloqotga tegshpli harakatlariing shakllanishiga ta’sirini aniqlash.
Materiallar: toza qog‘oz, ruchka, qalam, 3 ta suratli plakat va ularga taalluqli hulk, harakatlarining izohi.
Materiallarni tayyorlash: Har bir plakatning chap tomoniga u yoki bu hulq harakatini ko‘rsatuvchi tasvir tushirilgan qog‘oz yopishtiriladi. Rasmning yonida ushbu hulqning tavsiflari yozilgan.
Sust (passiv) xulq:
- O‘z huquqlaringizni ta’kidlash uchun hech qanday xatti-qarakat
qo‘llamayapsiz.
- O‘zgalarni o‘zingizdan yuqori qo‘yayapsiz.
- Boshqalarning xohishiga yon berayapsiz.
- Sizni nimadir bezovta qilsa ham indamay turibsiz.
- Doimo uzr so‘rayapsiz.
Agressiv xulq:
- Boshqalarni hech qancha o‘ylamay o‘z huquqlaringizni himoya qilayapsiz.
- O‘zgalar ustidan hukmronlik qilishga urinayapsiz.
- O‘zgalarni unutib faqat o‘zingizni o‘ylaysiz.
- Boshqalar hisobiga o‘z huquqlaringizga erishayapsiz.
Ishonchli xulq.
- O‘zgalar huquqini poymol qilmay o‘z xuquqlaringizni himoya eta olasiz.
- O‘zingizni va o‘zgalarni hurmat qilasiz.
- Tinglashni va gapirishni bilasiz.
- Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz.
- O‘zingizga ishonasiz, lekin o‘zgalarni "haqoratlamaysiz".
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.
1. Kirish. Ko‘pincha o‘zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy kuchlarga qarshi turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo‘ya vaziyat va xulqlarning ishtirokchisiga aylanib kolamiz Har xil salbiy yo‘llarga kirib ketmaslik uchun biz o‘z xulk-atvorimizni, uning ichki sabablarini yaxshi tushunishimiz, xatti-harakatlarimizni nazorat qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak.
2. Sinf uchta kichik guruhlarga bo‘linadi.
3. Hap bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko‘rsatilgan uchta suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining xatti-harakatlari, ichki holatlari va nutq xususiyatlarini izohlab bering (guruhdar ishlayotgan paytda suratlarga taalluqli tavsiflar yopib qo‘yiladi, suratlar esa ochiq qoladi).
4. Har bir guruh tomonidan taqdim etilgan variantlarni muhokama qilish.
So‘ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflarni o‘qib izohlaydi. Boshlovchilar o‘z xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida ko‘rgazmali namoyon etishlari mumkin.
5. Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko‘rinishlari tasvirlanadi. Ishtirokchilardan esa boshlovchilarning harakatlari, imo-ishora va so‘zlarini kuzatgan holda ushbu xulq ko‘rinishlarining nomlarini tug‘ri topishlari so‘raladi.
Birinchi vaziyat: agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi — sust holatdagi va o‘zi yaxshi tanimaydigan odamdan katta miqdordagi pulni qarz so‘rayapti.
Ikkinchi vaziyat: Agressiv holatdagi bir kishi ikkinchi — o‘ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
6. Ishtirokchilar orasidan ko‘ngilli bir kimsa chaqiriladi va unga guruhdan sir tutilgan holda u o‘ynashi lozim bo‘lgan rol va shu rolga taalluqli vaziyat aytiladi. Boshlovchi bu vaziyatda o‘ziga ishongan odamning rolini o‘ynasa, guruhning boshqa a’zosi ko‘ngilli bo‘lib agressiv xulqli kimsaning rolini o‘ynaydi.
Shunisi ahamiyatliki, boshlovchi ishtirokchilar orasidan guruh liderlarini va guruh a’zolari yoqtirmaydigan bolalarni ajrata bilishi, tabiatdan agressiv va sust xulqli ishtirokchilarni aniqlab olishi zarur. Bu hol ko‘ngillilarni aniqlashda juda muhimdir — agressiv xulqli o‘smirlarga sust yoki o‘ziga ishongan xulqli rollarni taqdim etgan ma’qul bo‘lsa, sust xulqli o‘smirlar o‘ziga ishonganlarning rolini o‘ynashsin.
O‘smir o‘ziga berilgan rolni muvaffaqiyatli ijro etishi yoki ijro eta olmasligi unchalik muhim emas. Agar bu rolni yaxshi ijro eta olmasa o‘zi yoki guruh buning sababini muhokama qilishlari mumkin, agarda rol yaxshi ijro etilsa guruh a’zolari ushbu xulq ko‘rinishi qaysinga tegishli ekanligini darrov bilib olishadi.
7. Ishtirokchilar taqdim etilayotgan xulq ko‘rinishlarini
aniqlashadi, o‘z taxminlarini izohlashadi.

Nizoli vaziyatlar o‘yinlari


"Nizoli vaziyatlarni hal etish"
Maqsad: Nizoni bartaraf etuvchi harakatlar namunasi havola etishdan iborat (ayni holatda bu — o‘z-o‘ziga ishonchli hulq-atvor ko‘rinishidir). Ishtirokchilarni "ichi puch" nizolarning sabablari bilan tanishtirish. "Ijtimoiy xavfli" vaziyatlardan konstruktiv (ijobiy yechim topgan xolda) chiqib keta olish va nizodan chetda qolish malakalarini shakllantirish.
Materiallar: Vaziyatlar bayon etilgan 3 xil rangli qog‘ozlar.
Vaziyatlar:
N1: "Tengqurlaring hali biror marta sigaret chekib ko‘rmaganingni mazax qilib ustingdan kulishayapti. Ulardan biri senga: "Sen hali yosh bolasan va bunday jiddiy ishlar bilan shug‘ullanish senga ertalik qiladi", — dedi. Uning gapi senga juda og‘ir botdi va Sen unga javob berishga qaror kilding.
N2: Xulqi yaxshi bo‘lmagan tengqurlaringdan biri kechqurun qayerdadir o‘tadigan kechaga seni taklif qilayapti. U bola (qiz) spirtli ichimlik iste’mol qiladi va hatto sigaret ham chekadi. U senga: "Yur, bir dam olib kelamiz, sen axir katta yigitsan-ku (qizsan-ku), uyingdagilar senga ruxsat berishadi-ku", — deyapti. Bu vaziyat seni bezovta qilyapti va sen unga rad javobini bermoqchisan.
N3: Agressiv holatdagi kishi ikkinchi — o‘ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti.
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.
1. Boshlovchi ko‘pincha uchraydigan nizoli vaziyatlarning sabablarini aytadi va ularning oldini olish yoki ulardan chiqishning qadam-baqadam bosqichlarini sanab o‘tadi.
"Ichi puch" nizolarning sabablari:
Ko‘pincha odamlar o‘rtasidagi nizoli munosabatlarning sababi — ular bir-birlarini yoki biron muammoga nisbatan sherigining munosabatini oxirigacha yaxshi tushunmasligi. Bunday vaziyatlarda suhbat kelishish yo‘nalishida emas, balki o‘zaro talablar ko‘yish darajasida olib boriladi. Ko‘p jihatdan, bu xil harakat uslubini tanlashning sababi nizoli vaziyatlardan chiqish tajribasining yo‘qligi va nizolarni konstruktiv hal eta olmaslikdir.
Nizoli konstruktiv hal etish uchun har ikki tomonni nima qoniqtirmayotganligini aniqlab olib zarur. Buning uchun esa bir necha qadamdan iborat bo‘lgan quyidagi algoritmni o‘zlashtirib olgan ma’qul:
***Muammoning mohiyatini va ayni paytda nimani his etayotganligingizni tushuntiring, Muammo haqidagi o‘z fikringizni to‘la bayon eting.
Ushbu vaziyatdan chiqish yechimini, o‘z talabingiz va iltimosingizni ayting.
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang.
*** Sherigingizning samimiy gaplari yoki u taklif etgan yechim uchun unga tashakkur bildiring.
2. Boshlovchi ishtirokchilar orasidan N3 vaziyatni ijro etish uchun ko‘ngillilarni chaqiradi va bu o‘yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining oldini olish imkoniyati namoyon etiladi. Muhokama.
3. Guruh uchliklarga bulinadi.
Har bir uchlikda uchta vaziyat o‘yin tariqasida ijro etiladi
(har bir ishtirokchi agressiv, nizodan chiqa oluvchi va o‘ziga ishongan odam rolida hamda kuzatuvchi rolida ishtirok etishi shart).
4. Har bir vaziyat ijro etilganidan keyin kuzatuvchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
5. O‘yin nihoyasida ishtirokchilar o‘z kechinmalari haqida fikr almashadilar, qanday ijobiy natijalarga erishilganligi yoki muvaffaqiyatsizliklarning sabablari muhokama qilinadi.



Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling