Trennerning malakalari, shaxsi va klassifikatsiyasi reja: Trener shaxsi va uning vazifalari 2


Download 287.52 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi287.52 Kb.
#1393866
  1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya Abdusaidova B


Samarqand davlat universiteti MBT Fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 410-guruh talabasi
ABDUSAIDOVA BARCHINOYning sotsial va psixologik trening asoslari fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: TRENNERNING MALAKALARI, SHAXSI VA KLASSIFIKATSIYASI

Reja: 1. Trener shaxsi va uning vazifalari 2. Trener va unga qo‘yiladigan talablar 3. Trenerning malakalari, shaxsiy sifatlari


Trenerlik - hozirgi kunda bu kasbning aniq standart va yo‘nalishlari bo‘lmaganligi sababli bu mutaxassislarga talablar qo‘yilgan holdadir. YAngilik bo‘lgan trener fenomeni to‘g‘risida gapirishdan oldin ,trening tushunchasini aniqlab olaylik. Trening – bu shunday o‘quv jarayoniki , bunda materialning nazariy bloki kichiklashtirilib asosiy e’tibor ko‘nikma va malakalarni amaliyotiga qaratilgandir. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda trenerbu trening mavzusida belgilangan nafaqat nazariy bilimlarni, balki shaxsiy tajribasi, pedagogik tajribasi ,hamda qatnashchilarga yangi,zarur bilimlarni o‘rgatish ,tayyor qarorlar bo‘lmagan taqdirda tashkiliy faoliyatiga o‘rgatish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsdir.
Trening qisqa muddatda o‘tkazilishiga qaramay ,trenerga jiddiy tayyorgarlik va haqiqiy kasb mohirligi kerak bo‘ladi.Trener ishi bu asta-sekin kasbga aylanadigan, maxsus ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Trenerlik faoliyatiga o‘tgan mutaxassisga oson emas, u mustaqil ravishda murakkab qarorlar qabul qilish, o‘z kuchini baholashi, xabardorlik chegaralarini aniqlashi lozim. (Trener bu-pedagogik qobiliyatlarga ega, tajribali , trening davomida keng majburiyatlar diapozonini amalga oshiruvchi va qo‘yilgan vazifalarni hal qiluvchi etakchi shaxsdir.)”Trener” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, trainer – mashq qildiruvchi, o‘rgatuvchi ma’nolarini anglatadi.

.

  • Trener har tomonlama rivojlangan, rejalashtirish, tashkillashtirish, muloqat tajribasiga, tinglash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Trener trening qatnashchilaridan kam bilimga ega bo‘lmasligi kerak.Trener qisqa vaqt ichida qarorlar qabul qilishga, qatnashchilarning savollariga javob berish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Trening qisqa muddatda o‘tkazilishiga qaramasdan, trenerdan jiddiy tayyorgarlikni talab etadi. Trener qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida olimlarning bir qator fikrlari mavjud .
  • Ko‘pgina adabiyotlarda malakali trener ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlarga quyidagilarni kiritishgan:
  • -Har qanday vaziyatdan chiqa oladigan;
  • -Malakali kasbiy tayyorgarlikka ega;
  • -Guruhda terapevtik iqlimni yarata oluvchi;
  • -(kritik) muammoli vaziyatlarga aralasha oluvchi va ulardan chiqa oluvchi
  • -Muammo echimini birgalikda topish taktikasiga ega bo‘lishi lozim;
  • YUqoridagilar bilan bir qatorda yana shuni ham hisobga olish kerakki, guruhni boshqarayotgan trener shaxslar bilan ishlaydi , har bir shaxs esa o‘ziga xos individuallikka egadir. SHu bilan birga har bir shaxs o‘ziga xos qadriyatlar tizimiga ham ega. Tabiiyki ular bir-biridan, hamda trener qadriyatlaridan farq qiladi.
  • Bu erda trener amal qilishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalar ko‘rinadi: 1 - Guruhning har bir a’zosiga yordam berish zarur;
  • 2 - Har bir ishtirokchini qiynayotgan savolga uning qadriyatlar tizimiga mos keluvchi javobni topishga ko‘maklashish zarur;
  • 3-Trener ishtirokchilarga “bosim” o‘tkazmasligi lozim;
  • 4-Trener ishtirokchilarni ajrata bilishi lozim;
  • (Agar trener u yoki bu shaxsga samarali yordam bera olishiga ishonmasa, unday ishtirokchidan voz kecha olishi lozim)

Download 287.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling