Triangulatsiya tarmog'i loyihasi aniqligini baholash. Qurilish turini barpo etish va rejalash bosqichlari
Download 4.53 Kb.
|
Triangulatsiya tarmog\'i loyihasi aniqligini baholash. Qurilish turini barpo etish va rejalash bosqichlari.
Triangulatsiya tarmog'i loyihasi aniqligini baholash. Qurilish turini barpo etish va rejalash bosqichlari.Bajardi: Temirova Aziza Qabul qildi: Reja:
Triangulyasiya loyihasi topografik xaritalarda tuziladi. 1 va 2 klass triangulyasiyalar loyihasi odatda 1:100000, 3 va 4 klass triangulyasiya loyihasi 1:50000, 1:25000 va 1:10000 masshtabdagi topografik xaritalarda tuziladi. 1 va 2 razryadli triangulyasiya to‘rlarini loyihalashni 1:25000, 1:10000 masshtabdagi topografik xaritalarda bajarish maqsadga muvofiq bo‘lib loyihaga aniqlik kiritishda bundan yirik bo‘lgan masshtabdagi topografik xaritalardan foydalaniladi. Loyiha tuzish joyni topografik-geodezik o‘rganilganligi bo‘yicha materiallar yig‘ishdan boshlanadi. Bunga ushbu hududda oldin mavjud bo‘lgan triangulyasiya punktlarining planli va balandlik koordinatalar katalogi, hududning barcha masshtablarda mavjud topografik xaritalari va aerofotos’yomkalari kiradi. Oldin bajarilgan ishlar o‘rganilgandan so‘ng loyiha tuzilayotgan rayon dala sharoitida o‘rganiladi, bunda xaqiqatdan ham punktlar va ularning markazlari saqlanib qolganligi aniqlanadi. Loyihalash bevosita topografik xaritada bajariladi. Punktlar o‘rni uchun joyning baland erlari tanlanadi, chunki punktdan barcha yo‘nalishlardagi yoki iloji boricha ko‘p yo‘nalishlardagi punktlar ko‘rinishi kerak. Koordinatalarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni kamaytirish uchun loyihalangan to‘rda o‘tkir burchaklar bo‘lmasligi maqsadga muvofiq. YUqorida aytganimizdan shunday xulosaga kelish mumkin: triangulyasiya punktlari relefning suv ayirig‘ich chiziqlarining hukumron tepalarida joylashadi, uchburchak burchaklari 30º dan 120º gacha bo‘lishi, 1 klass triangulyasiyada esa 40º dan kam bo‘lmasligi kerak. SHu sababli loyihalashda ishlatilayotgan topografik xaritada suv ayirig‘ich chiziqlar qizil chiziq bilan chizib chiqiladi. Triangulyasiya klassi va relefga bog‘liq holda tomon uzunliklari loyihalanadi. 1 klass triangulyasiyasini loyihalashda vizir chizig‘ining erdan balandligi 5 - 6 metr bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinishi lozim. Refraksiya ta’sirini kamaytirish maqsadida yo‘nalishlar katta daryolar, ko‘llar, suv omborlari, tepalik va tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab, hamda shaharlar va zavodlar ustilaridan o‘tmasligi zarur. Iloji bo‘lmagan taqdirda daryolar, tepalik va tog‘ yonbag‘irlarini to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tish kerak. Loyihalangan triangulyasiya to‘ri butun xarita trapetsiyasini bir tekisda qoplashi va uzluksiz (diagonal yo‘nalishlarsiz) bo‘lishi kerak Planli injener-geodezik tar.noqlarni triangulatsiya usulida barpo etishda uchburchaklar zanjiri, geodezik to ‘rtburchaklar, yordam chi diagonalli m arkaziy tizim lar keng q o ilan ilad i. T a rm o q n in g ten g lash tiriig an elem en tlari funksiyasining o ‘rta kvadratik xatoligi m h quyidagi ifoda yordam ida hisoblanishi m um kin: Download 4.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling