Triggerli sxemalarni o’rganish Ishdan maqsad
Download 71.25 Kb.
|
Triggerli sxemalarni o\'rganish
Triggerli sxemalarni o’rganish Ishdan maqsad Triggerlarning asosiy turlarini, sxemalarini va ularning ishlashini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar Trigger bitta mantiqiy o’zgaruvchini saqlash uchun mo’ljallangan. Shunga ko’ra trigger ikkita mustahkam holatga ega. Ulardan biri 0, boshqasi esa 1 shaklida belgilanadi. Trigger bu ikki holatdan birida bo’la turib, faqatgina tashqi elektr signallarning ta'siri ostida ikkinchi - teskari holatga o’tadi. Triggerning holati uning chiqishidagi kuchlanishidan aniqlanadi.Triggerlar elektron uskuna tugunlarida mustaqil sxema sifatida, bundan tashqari raqamli uskunalar qurilishida bazaviy element sifatida keng qo’llaniladi. Ma'lumotni yozish uslubiga qarab ular asinxron va sinxron triggerlar deb yuritiladi. Asinxron triggerda ma'lumotning yozishi (holatining o’zgarishi) uning kirishlariga tegishli signallar kombinasiyasi yetib kelishi bilanoq amalga oshiriladi.ham hisobga olish kerakki, bu kombinasiyalar istalgan onda yuzaga kelishi mumkin. Sinxron triggerning holatini o’zgartirish uchun kirish signallaridan tashqari triggerning alohida kirishiga sinxronlashtirish imulsi kelishi zarur.Mantiqiy boqlanishlarni tashkillashtirish (funksiyalash) bo’yicha RS, D, JK, T va boshqa turdagi triggerlarga ajratiladi, ma'lumotni boshqarish uslubiga ko’ra triggerlar statik va dinamik, bir pog’ona va ko’p pog’onaliga bo’linadi.Ushbu laboratoriya ishida RS, D, JK, T turdagi triggerlar o’ganiladi va tekshiriladi.RS - turdagi trigger ikkita ILI - NE (bevosita kirishli trigger) yoki I - NE (inkor kirishli trigger) mantiqiy elementlaridan iborat o’zaro teskari musbat ulangan va ikkita R va S ma'lumot kirishlariga ega simmetrik strukturani tashkil etadi. S=1 (birlik kirish) va R=0 (nolli kirish) bo’lgandada, trigger chiqishlarida quyidagi signallar Hosil bo’ladi: bevosita kirishda Q=1 va inkor (inversiya) kirishda . S=0 va R=1 da chiqish signallari qarama qarshi qiymatlarni qabul qiladi (Q=1, ). S=R=0 bo’lganda trigger oldingi ta'sirni saqlagan holda o’z qiymatini o’zgartirmaydi. R=S=1 taqiqlangan kombinasiya qisoblanadi, chunki trigger chiqish signallarining holati bunday paytda noma'lumdir. Ikkita I-NE elementida tuzilgan asinxron (sinxronlanmaydigan) RS-triggerning sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Download 71.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling