True rost. None “bo`sh” obyekt while
Download 25.39 Kb.
|
Python
Aniqlash operatorlari
Aniqlash operatorlari o’zaro 2 ta obyektlarni solishtiradi. Bunda ularning o’zaro qiymatlarini tengligi bo’yicha emas, haqiqatdan ham ular bir xil obyekt ekanligi va bir xil xotira yo’nalishiga ega ekanligi bo’yicha taqqoslanadi. Bu operatorlar 2 ta: - is - Ikkala o’zgaruvchi ham bir xil obyekt bo’lsa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi. - is not - Obyektlar bir xil bo’lmasa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi. A’zolik operatorlari A’zolik operatorlari biror ketma-ketlik obyektga tegishli ekanligini tekshiradi: in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lsa, rost qiymat qaytaradi. - not in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lmasa, rost qiymat qaytaradi. Bitli operatorlar Bitli operatorlar ikkilik sanoq sistemasi bilan ishlashda kerak bo’ladi: & (AND) - Ikkala bit ham 1 ga teng bo’lsa, 1 ga o’rnatiladi. | (OR) - Kamida bitta bt 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham 1 ga o’rnatadi. ^ (XOR) - Faqat bitta bit 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham birga o’rnatadi. ~ (NOT) - Barcha bitlarni invertlaydi (teskarisiga o’zgartiradi) << - O’ngdan chapga nollarni siljitib, chapdagi chetki bo’laklarni tushirib yuboradi. >> - Chapdan o’ngga bitlarning nusxalari kiritilib siljitib boriladi. O’ngdagi chetki bitlar tushib qoladi. Pythonda ma’lumot turlari bilan ishlash
Dasturlashda ma’lumot turlari muhim tushuncha sanaladi. Har bir ma’lumot turining o’z vazifasi bor. Python quyidagi ma’lumot turlariga ega: Matn turi: str Raqam turi: int, float, complex Ketma-ketlik turi: list, tuple, range Ko’rsatish turi: dict O’rnatish turi: set, fronzenset Mantiq turi: bool Binar (ikkilik) turi: bytes, bytearray, memoryview Ma’lumot turini aniqlash Ma’lumot turini aniqlash uchun type() funksiyasi ishlatiladi. Hozirgi misolda x o’zgaruvchisining turini ekranga chiqaramiz:
O’zgaruvchiga qiymatni o’zlashtirgan vaqtda uning ma’lumot turini avtomatik tarzda aniqlab uni o’zlashtiradi. Natijada o’zgaruvchi o’sha ma’lumot turini o’zida saqlaydi: x = “Python” --- str (satr turi) x = 20 --- int (butun son turi) x = [“olma”, “banan”, “nok”] --- list (ro’yxat turi) va hokazo. Aniq ma’lumot turini o’rnatish Agr ma’lumot turini aniq ko’rsatmoqchi bo’lsangiz, bu ishni quyidagicha amalga oshirish kerak: x = str(“Python”) --- str (satr turi) x = int(20) --- int (butun son turi) x = list([“olma”, “banan”, “nok”]) --- list (ro’yxat turi)
Pythonda sonli turlar 3 turga bo’linadi: Int Float Complex
Int (integer) turidagi sonlar o’z ichiga istalgan oraliqdagi musbat yoki manfiy butun sonlarni oladi. butun sonlar ustida bajarish mumkin bo`lgan qo`shimcha metodlar:
Download 25.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling