Tsz: Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni Oldingi tahrirga qarang. Kooperatsiya to‘G‘risida


-modda. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari


Download 354.91 Kb.
bet10/13
Sana07.10.2023
Hajmi354.91 Kb.
#1694489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
295-XII 14.06.1991 kooperatsiya

11-modda. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari
1. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq posyolkalar va shaharlarda chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tarmog‘ini vujudga keltirish va rivojlantirish, o‘z a’zolari—paychilar hamda xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga o‘zi ishlab chiqargan va korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslardan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollarini sotish;
(11-modda 1-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aholi va korxonalardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda xomashyo, yordamchi xo‘jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari, keyinchalik qayta ishlash va sotish uchun yovvoyi o‘simliklar, mevalar dorivor o‘simlik xomashyosini va dori moddalarini (substansiyalarni) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xarid qilish;
(11-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sotib olinayotgan qishloq xo‘jaligi xomashyosi va boshqa mahalliy xomashyodan, shuningdek ulgurji savdo tarkibida xarid qiladigan resurslar, xomashyo va materiallardan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni tashkil etish;
aholiga ishlab chiqarishga va maishiy turmushga doir turli xizmatlar ko‘rsatishdan iboratdir.
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’moli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xomashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi yordamchi xo‘jaliklarini, shuningdek hunarmandchilikni rivojlantirishni rag‘batlantiradilar.

Download 354.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling