[
OKOZ:
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.02 Matlubot kooperativlari]
[
TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
KOOPERATSIYA TO‘G‘RISIDA
(Qonunning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi.
(Muqaddimaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
U yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda
kirish va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda
ishtirok etish huquqini, kooperativlarni mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlilik
asosida rivojlantirish, jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish mustaqillikni hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan qaror qabul qilishda kooperativning mustaqilligini kafolatlaydi.