[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlardan tashqari, sportchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga quyidagilar kiritilishi shart
Download 1.33 Mb.
|
28.10.2022 Mehnat kodeksi
Ushbu Kodeks 104-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlardan tashqari, sportchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga quyidagilar kiritilishi shart:
ish beruvchining mashq tadbirlari o‘tkazilishini va sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash majburiyati to‘g‘risidagi shartlar; sportchining ish beruvchi tomonidan belgilangan sport rejimiga rioya etish va sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish rejalarini bajarish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar; sportchining sport musobaqalarida faqat ish beruvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha ishtirok etish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar; sportchining xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga rioya etish, doping nazoratidan o‘tish majburiyati to‘g‘risidagi shartlar; ish beruvchining sportchining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urta qilinishini, shuningdek sportchining qo‘shimcha tibbiy va boshqa xizmatlarni olish maqsadida tibbiy sug‘urta qilinishini ta’minlashga doir majburiyati to‘g‘risidagi shartlar. Mehnat shartnomasini tuzish chog‘ida sportchilar dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Ish beruvchi dastlabki va davriy majburiy tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishini o‘z hisobidan tashkil etishi shart. Mehnat shartnomasining amal qilishi davrida sportchilar topshirilgan ishni bajarish uchun yaroqliligini aniqlash hamda kasb kasalliklarining va sport jarohatlanishlarining oldini olish maqsadida davriy majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tadi. Ish beruvchi o‘z mablag‘lari hisobidan sportchilarni sport kiyim-boshlari, sport anjomlari va ashyolari, ular mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlashi, shuningdek mazkur kiyim-boshlar, asbob-uskunalar, anjomlar, ashyolar va vositalarni foydalanishga yaroqli holatda saqlashi shart. Sportchilarga yillik qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi, uning davomiyligi jamoa shartnomalarida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomalarida belgilanadi, lekin u to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak. Ish beruvchi sportchining sport musobaqalarida ishtirok etishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan hollarda, ish beruvchilar o‘rtasidagi kelishuvga, sportchining o‘z yozma roziligiga ko‘ra, bir yildan oshmaydigan muddatga vaqtincha boshqa ish beruvchiga o‘tishiga yo‘l qo‘yiladi. Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tishi davri uchun vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi u bilan ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalarini inobatga olgan holda muddatli mehnat shartnomasi tuzadi. Sportchi boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tgan davrda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi to‘xtatib turiladi (taraflar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlar amalga oshirilishini hamda majburiyatlar bajarilishini to‘xtatib turadi). Bunda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilishi muddatining o‘tishi uzilib qolmaydi. Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tish muddati tugaganidan keyin dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi to‘liq hajmda qayta tiklanadi. Vaqtincha o‘tish muddati mobaynida sportchiga va vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchiga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan boshqa hujjatlarda belgilangan qoidalar, ushbu moddada belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, to‘liq hajmda tatbiq etiladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling