Tt va kt fakulteti ax11-21 guruh talabasining


I1 tokning о‘zgarmasligi barqarorlashgan kuchlanish manbai YEM1


Download 1.01 Mb.
bet2/3
Sana09.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1346313
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish uchun namuna [Autosaved]

I1 tokning о‘zgarmasligi barqarorlashgan kuchlanish manbai YEM1 dan foydalanish hisobiga erishiladi. Natijada I2 tokning zanjir parametrlari YEM2 va RYU ga bog‘liqligi yо‘qotiladi.
Lekin bunday BTGda I2 tokning temperatura bо‘yicha barqarorligi ta’minlanmaydi, chunki baza toki IB2 temperatura о‘zgarishlariga juda bog‘liq.
I2 tokning temperatura bо‘yicha barqarorligini ta’minlash uchun murakkabroq sxemalardan foydalaniladi.

BARQAROR TOK GENERATORI


Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari kо‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga о‘tganda signal doimiy tashkil etuvchisining о‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida о‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari qо‘llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar. Bu vaqtda sath siljitish qurilmasi signal о‘zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqichga о‘zgarishlarsiz uzatishi kerak, ya’ni kuchlanish bо‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KU 1 bо‘lishi kerak.
Operatsion kuchaytirgichlarda UCHIK sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi (8.7 - rasm). Signal mavjud bо‘maganda UKIR kirish potensiali oldingi bosqich chiqish kuchlanishining о‘zgarmas tashkil etuvchisi qiymatiga teng bо‘ladi. UCHIK chiqish potensiali siljitish sxemasi hisobiga U UBE1 IE1R1 kattalikka kamayadi. IE1 tok barqaror bо‘lganligi sababliU siljish kuchlanishi ham о‘zgarmas bо‘ladi.
Differensial kuchaytirgichlar
Differensial kuchaytirgich (DK) deb ikki kirishga ega bо‘lgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signal kirish signallari farqiga proporsional bо‘ladi.
8.8 – rasmda sodda simmetrik DK sxemasi keltirilgan. Kuchaytirgich ikkita simmetrik yelkaga ega bо‘lib, birinchi yelka VT1 tranzistor va RK1 rezistordan, ikkinchi yelka esa VT2 tranzistor va RK2 rezistordan tashkil topgan. Sxemaning dastlabki ish rejimi IE toki yordamida ta’minlanadi. Bu tokning barqarorligi esa barqaror tok generatori (BTG) tomonidan ta’minlanadi.
Mazkur sxema 8.5 – rasmdagi sxemaga aynan о‘xshashligini kuzatish mumkin. Buning uchun R2 va R3 rezistorlarni VT1 va VT2 tranzistorlar bilan almashtirish va R1= RK1, R4= RK2 deb hisoblash kerak. Agar RK1 va RK2 qarshiliklar bir – biriga teng bо‘lsa va VT1 tranzistor parametrlari VT2 niki bilan bir xil bо‘lsa, u holda bu sxema simmetrik bо‘ladi.
Amaliyotda tо‘rtta ulanish sxemalardan ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin: simmetrik kirish va chiqish, simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va chiqish. Simmetrik kirishda kirish signali manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlarning bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari oralig‘iga (tranzistorlarning kollektorlari orasiga) ulanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, DK kuchlanishlari qiymati (moduli bо‘yicha) bir – biriga teng bо‘lgan ikkita manbadan ta’minlanadi. Ikki qutbli manbadan ta’minlanish sokinlik rejimida umumiy shinagacha tranzistor baza potensiallarini kamaytirishga imkon beradi. Bu holat DK kirishlariga signallarni qо‘shimcha sath siljitish qurilmalarini kiritmasdan uzatishga imkon yaratadi.
Ikkala yelka ideal simmetrikligida kirish signallari mavjud bо‘lmaganda (UKIR1=0, UKIR2=0) kollektor toklari va tranzistorlarning kollektor potensiallari bir xil bо‘ladilar, chiqish kuchlanishi esa UCHIK1,2 =0. Sxema simmetrik bо‘lganligi sababli, tranzistor xarakteristikasining sabablarga bog‘liq bо‘lmagan ravishda ixtiyoriy о‘zgarishi, ikkala yelka toklarinig bir xil о‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli sxema balansi buzilmaydi va
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling