Тта ижтимоий фанлар кафедраси “Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фанидан якуний назорат 4-билет


Download 16.65 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.65 Kb.
#1058585
Bog'liq
4-BILET



ТТА ижтимоий фанлар кафедраси “Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фанидан якуний назорат
4-БИЛЕТ

  1. “Миллий ғоя: Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси” фанининг қонуниятлари.

Milliy istiqlol g‘oyasining tushunchalari bilan bir qatorda uning namoyon bo‘lish qonunlari ham mavjud. Bular: Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham rivojlanish yo‘llari ham turli xil. YA’ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xilligi qonuni orqali namoyon bo‘ladi; Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli-xil manfaatlar, qarashlar bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ezgu g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir. Lekin, har bir xalqning o‘ziga xos ma’naviy ruhiyati, merosi, qadriyatlari bilan bog‘liq g‘oyasi ham mavjud. Uni inkor etib bo‘lmaydi. Uni anglamaslik u bilan bog‘liq bo‘lgan turmush tarzini, madaniyatidagi xususiyatlarini, tarixini, tilini, milliy-madaniy rivojlanish qonuniyatlarini e’tirof etmaslikka olib keladi. Bu oxir-oqibatda shu xalqni yoki mamlakatning «o‘zligini» tan olmaslikka sabab bo‘ladigan yo‘ldir. - Globallashuv jarayoni, uning milliy g‘oyada ta’sir etishi ham o‘ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog‘liqligini, o‘zaro ta’sirini oshiradi, ma’naviy, g‘oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi. Milliy istiqlol g‘oyasi to‘g‘risida fikr yuritganda, uning O‘zbekiston jamiyati, o‘zbek xalqi hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, hamda milliy g‘oyasida aks etadigan, o‘ziga xos qonuniyatlari ham mavjud. Bu qonuniyat milliy istiqlol g‘oyasining mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. CHunki, bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog‘liq. Tarixan yondoshganda bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatilishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. CHunki, yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysindirishga harakat qilgan. YOt va begona g‘oyalar kirib kelishi oqibatida ba’zi xalqlarning millat sifatida rivojiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazgan. SHuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasiga tayanish va unga amal qilish O‘zbekiston xalqining o‘zligini saqlab qolish va o‘ziga xos va mos rivojlanish ehtiyoji sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, milliy istiqlol g‘oyasining qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog‘lashning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.

  1. “Ҳаракатлар стратегияси”нинг асосий йўналишлари, мақсади ва моҳияти.

  2. «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi» fanining ma’nomazmuni, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etish uchun, avvalo, uning qanday paydo bo‘lganini bilish zarur. Uning paydo bo‘lishi esa bevosita mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va xalqimizning yangi jamiyat qurish, yangi davr kishilarini tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan bog‘liq. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g‘oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko‘rsatdi. Zotan, odamzot o‘zining ruhi va shuuridagi ko‘pdan-ko‘p savollarga javob bo‘ladigan, doimiy faoliyatga undab turadigan hayotbaxsh g‘oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. CHunki tabiatda, jamiyatda bo‘shliq bo‘lmagani kabi inson qalbi va ongida ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Jamiyat hayotida sog‘lom g‘oya ustivor bo‘lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g‘oyalar egallab, xalqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Xuddi dunyoning boyligi turli kuchlar o‘rtasida talash bo‘lganidek, insonlarning qalbi va ongini egallab, ularni o‘z qo‘lidagi qurolga aylantirish maqsadi ham jahonda har xil tajavuzkor oqimlar va ta’limotlarni o‘zaro kurashga undashi, ayniqsa, bugungi kunda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

3. Хавфсизлик, барқарорликка бўлган таҳдидлар ва миллий ғоя.


Кафедра мудири: С.Д.Норқулов
Download 16.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling