Tug’- qadimdan Sharq mamlakatlarida hukmdorlik, vazirlik, beklik belgisi Tiliga kuchi yetadigan


Download 17.04 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi17.04 Kb.
#1649894
Bog'liq
ona tili 3


Mashq. Gaplarni o‘qing, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang va ma’nodoshlarini toping. 1. Temur tug‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi, Alisher(A.Oripov.). 2. Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podshosidir;so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, pastdir(A. Navoiy). 3. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin («Qobusnoma»). 4. Xullas, yaxshinutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidanfoydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga ahamiyatbermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi qolgan ikkitasigata’sir qilmay qolmaydi (Beruniy). 5. Agar so‘z senikimiyoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki vaso‘z menikidir, chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir,daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi.Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo vaRasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil(Koshifiy). 6. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’nogaega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushnito‘ti deydilar (Kaykovus).

Ajratilgan so’zlarning ma’nosi:




Tug’- qadimdan Sharq mamlakatlarida hukmdorlik, vazirlik, beklik belgisi


Tiliga kuchi yetadigan- tilini boshqarib biladigan kishi


Xalq oldida- ko’pchilikni oldida


Men so’zniki va so’z menikidir- insonning tilidan chiqayotgan har bir so’zi o’zi uchun. Har bir aytayotgan so’zidan insonning qanaqaligini bilib olsa bo’ladi.


Mevasidir- insonni bezab turadigan narsa bu so’zdir. So’zi chiroyli odamga hammaning havasi keladi


Ma’no- So’zdan so’zning farqi bor o’ttiz ikki narxi bor deb bejizga aytilmagan. Har bitta gapni ma’noli va o’rnida gapirishni bilish zarur.

Mashq. Gaplarni o‘qing, noo‘rin ishlatilgan so‘zlarni to‘g‘rilaribilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. 1. Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrovuxlab qoldi. 2. Ko‘lning zilol suvida tonggi quyosh nurlaritoblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan ko‘ylak bu qomatdorqizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o‘g‘lim, eshikkabir inson keldi. 6. Cho‘pon ozg‘in qo‘ylarni yaylovga haydab,o‘z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudgadavo qilishingiz mumkin, dedi.


1.Yigitcha rosa charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi.


2. Ko’lning zilol suvida tonngi quyosh nurlari toblanmoqda edi.
3.Asil shodiyadan tikilgan ko’ylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi.
4. Ishimiz shunday su’ratda davom etsa, qurilishni bayramgacha tugatamiz
5. Qara o’g’lim, eshikka bir inson keldi.
6. Cho’pon ozg’in qo’ylarni haydab, uyiga qaytib keldi.
7. Boshliqqa uchrashsam sudga da’vo qilishingiz mumkin dedi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabatbildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang. Gap shundaki, hozirgi vaqtda, tilimizning boyligini,uning qochiriqlarini o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunardeb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zniyillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum qalamahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulosa »lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hechkim gapirmaydi, zotan gapirish mumkin ham emas, faqatyozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani birqiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra«yaxshi ovqat yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatliovqatlandim» deb yozish shart! «Papiros chekadigan kishigugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiroschekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini tegishli gugurt bilanta’minlab yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilde latifa aytib bo‘lmaydi, yozib bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga,maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu tilhar qanaqa jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqimazmunni taxtaga tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatninguyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan hovligaaylantiradi!A. Qahhor, «Quyushqon» hajviyasidan.


Badiiy ijоd so‘z tanlashdan bоshlanar ekan, har bir ijоdkоr uchun so‘z mas`uliyatini g‘оyat tеran his qilish, оddiy so‘zlarni ham mukammal badiiy vоsitaga aylantirish, ular zimmasiga salmоqli ma’nо yuklay оlish nihоyatda zarur. Chunki, bunday so‘z asarning qaysi qismida bo‘lishiga qarab aniq badiiy niyatni ifоdalashga, so‘zni pоlisemik (ko‘p ma’nоli) va stilistik (uslubiy) хususiyatini aks ettirishga, ma’lum vazifa bajarishga хizmat qiladi. Zеrо, so‘z estеtik ta’sir vоsitasi bo‘lib, muallif tildagi ma’nо rang-barangliklari, shakliy turfaliklardan tеran anglay оlishga intiladi. Bugungi kunda badiiy asarni, uning poetik tilini o’rganishda falsafiy qonuniyatlar til tizimiga yana ham keng masshtabda olib kirilib, ularning negizida qator tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Badiiy adabiyot tili umumхalq tili madaniyatida o‘ziga хоs hоdisa sifatida yuzaga kеlgan, badiiylikka bo‘ysundirilgan tildir ifоdasi ham o‘z aksini tоpadi. Badiiy tilning tarbiyaviy-estеtik ahamiyati ham ana shundadir.
Download 17.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling