II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman
90-mashq. Berilgan birikmalarni qo‘llab „Qish zavqi“ mavzusida kichik hikoya yozing.
Keng yaxmalak ustida, qishning ziynati, quyosh nurida chanalarda uchishar, konkilarda, kumush qor, keng maydonda, bolalarning ovozi, sovuq qotmas,
o‘ynab-kulishar, issiq kiyimda.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
91-mashq. Bolalar qayerga berkinishganiga diqqat qiling.
Yilbobo to‘rt farzand ko‘ribdi. Ularni Bahorgul, Yozbek, Kuzbeka va Qishjon deb nomlabdi. Bir kuni Yilbobo sovg‘a-salom olish uchun shaharga ketibdi. Bolalari esa bekinmachoq o‘ynashibdi. Bahorgul Qishjonning oq po‘stini tagiga bekinibdi.
Yozbek Quyosh nuriga osilib, oppoq bulutning ustiga chiqibdi. Kuzbeka qovunning urug‘i ichiga yashirinibdi. Qishjon sanoqni tugatib atrofga qarabdi. Hamma yoq jimjit emish. Qishjon ularni qidira-qidira terlab, oq po‘stinini yechibdi.(Olloyor Begaliyevdan)
Eshitganlaringizni qayta hikoya qiling.
92-mashq. O‘qing. So‘zlarni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib jadvalga yozing.
Namuna: iqtisodchini – iqtisod asos, -chi so‘z yasovchi qo‘shimcha, -ni so‘zlarni o‘zaro bog‘lovvhi qo‘shimcha.
Iqtisodchini, uzumzorga, kasbdosh, shifokorga, kranchi, qalamdondan, izla, iffatli, danak, savodli, xatosiz, serjilo.
Do'stlaringiz bilan baham: |