Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet47/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
272- mashq. Hikoyadagi har bir gap oxiridagi so‘zlarga diqqat qiling. Ular qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? Shu so‘zlardan foydalanib 4ta gap yozing.
Ota etik, ona etik va bola etik poygakda ahil yashashardi.
Bir kuni bola etik yig‘ladi:
– Hamma yog‘im og‘riyapti. Beshafqat bola men bilan suv kechdi. Katta-kichik toshlarni tepdi.
Ota etik bilan ona etik bola etikka achinishdi. O‘yinqaroq bola bemor etikchani yana qiynayverdi. Qish kunlarining birida bola etikning jag‘i yirtildi.
Yomon bolaning tuzalmasligini bilib, etiklar uy egalaridan qochishdi... (Zulfiya Mo‘minovadan)
Ertakni o‘zingiz davom ettiring.

Yechim:Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar shaxs va narsalarning harakat va holatini bildiradi. Ular fe’l so’z turkumiga kiradi.
273- mashq. O‘qing. Matndagi fe’llarni ko‘chirib yozing. Shu fe’llar asosida matn mazmunini qayta hikoya qiling.
Kechqurun Mannon akamning oldiga bordim. Uyimizning buzilishini aytdim.
– Sen xafa bo‘lma, hammamizning uyimiz buziladi. Bu yerga kattakon teatr quriladi, – dedi Mannon akam...
Uyimiz buzildi. Biz boshqa yoqqa, Mannon akam boshqa yoqqa ko‘chib ketdi.
Bir kuni akam menga surati bor bir kitob berdi. Bir mahal menga tanish odamning suratini ko‘rib qoldim.
Suratning tagiga teatrning bosh rejissori Mannon Uyg‘urning nomi yozilgandi.
O‘sha kuni men yo‘qotgan odamimni topdim. (Aziz Abdurazzoqdan)
Fe’llarning voqea-hodisalarning ketma-ketligini ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
Teatr, rejissor so‘zlarini to‘g‘ri talaffuz qiling va ma’nosini tushuntiring.
Bilimlarni qanday egallayotganingiz haqida 2-3ta gap tuzing va yozing. So‘zlar nimalardan tuziladi

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling