Тупроқлар агрономик структуралилигининг афзалликларини
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
5 маъруза. 2 қисм. Тупроқ структ. баҳолаш.
5.3.Тупроқ структураси (тупроқ агрегатлари) сифатини баҳолаш Тупроқлар агрономик структуралилигининг афзалликларини (сифатини) баҳолаш учун структуралилик коэффициенти (К) тушунчаси киритилади. Мезоагрегатлар сонининг макро-ва микроагрегатлар йиғиндисига нисбати сифатида ифодаланади: К= а / б, бу ерда: а - мезоагрегатлар сони, б-микро ва макроагрегатлар йиғиндиси. Н.А. Качинский "дисперсланиш омили" тушунчасини таклиф этди (К д ). Дисперсланиш омили сув таъсирида тупроқ агрегатидан чиқарилган лой таркибидаги ил (фраксия<0,001 мм) ( И м ), унинг умумий тупроқ таркибидаги умумий миқдорига нисбати (И г): К д = И м / И г * 100%. Дисперсланиш омили тупроқнинг сув ўтказмайдиган агрегатлар ҳосил қилиш қобилиятининг билвосита кўрсаткичи бўлиб хизмат қилади. Тупроқ агрегатидан сув билан таъсирлашганда қанча кўп ил ажралса (Кд қиймати қанча юқори), агрегатлар сувга чидамли эмас. Бундай тупроқларда агрегатлаш қобилияти эса паст. Бу коэффициент қанча юқори бўлса, тупроқ шунча кам микроагрегатлашган, пептизацияланиш осонлигини кўрсатади. Бу ерда Им ва Иг – микроагрегатлар ва гранулометрик таркиблардаги ил миқдори. ( <0,001 мм заррачалар) Шунга кўра, Н.А. Качинский тупроқнинг микроструктуралилик градациясини ишлаб чиқди: Кд <15 – бўлса, тупроқнинг структурланиш қобилияти юқори; Кд = 25 – 40 – қониқарли; Кд = 40 – 60 – қониқарли эмас; Кд >60 – жуда паст. Россияда ва бир қатор Европа мамлакатларида тупроқ структурасининг қуйидаги таърифи қабул қилинган: "бу - тупроқни ташкил этувчи таркибий бирликларнинг (макроагрегатларнинг) шакли ва ҳажми" ("Тупроқшунослик луғати", 1975). Америка тупроқшунос олимлари тупроқ структурасига қуйидаги таърифни беради: “Тупроқ структураси структура бўлаклар , ёки педларнинг шакли ва шакллана олиш даражаси билан характерланади.” “Америка тупроқшунослари жамиятининг луғати” Nazorat savollari 1.Tuproq strukturasi tushunchasi va ta'rifi 2.Tuproq strukturasi necha xil bo'ladi? 3.Kubsimon struktura, prizmasimon va plastinkasimon strukturalar 4.O'rta Osiyo sug'oriladigan tuproqlar strukturasi kriteriysi. 5.2. Strukturaning buzilishning ichki va tashqi sabablari. Yuqorida bayon etilganlardan ma'lumki, tuproq strukturasining takomillashishi uzoq vaqt davomida ro'yobga chiqadi va ko'pdan – ko'p jarayonlarga duch keladi, biroq uning buzilishi va batamom yo'q bo'lishi uchun uzoq vaqt talab qilinmaydi. O'ylanmasdan qilingan xar bir agrotexnik tadbir yokiinsoniyatning dehqonchilik faoliyati tuproq strukturasining buzilishiga olib keladi. Strukturaning buzilishiga quyidagilar sabab bo'ladi: 1. Mexanik kuchlar bunga tuproqqa ishlov beruvchi yirik massali mashina va asbob uskunalar kiradi. Bu borada qishloq xo'jaligida ishlatiladigan turli mashinalarning dalalarda behuda qatnashlari yoki ularning ekin maydonlarida uzoq muddat turib qolishlariga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Расм...... Тупроқ структурасининг аҳамияти 2. Agrotexnik tadbirlarning noto'g'ri yoki plansiz o'tkazilishi. Masadan, sernam yoki nami qochib, tobidan o'tib ketgan tuproqlarni shudgorlash, xaydalgan yerni xadeb molalay berish, yetilmagan yerlarni boronalash, bo'lar bo'lmasga kul`tivatsiya qilish va boshqalar. Ayniqsa, bu o'rinda nishab (qiya) yerlarni haydash texnikasini buzish mavjud strukturani buzishgagina emas, balki tuproq unumdor kismining asosiy shudgor qilish qiyalik bo'yicha emas, balki unga ko'ndalang yo'nalishda o'tkaziladi. Katta qiyalikdagi maydon larni haydashumuman man etiladi. Bunday joylarda tabiiy o'simliklarni saqlash, yoki maysazor — butazorlar bunyod etish lozim. 3. Yerni sug'orish va o'g'itlash. Sug'orish suvlari (ayniqsa ular u yoki bu darajada minerallashgan bo'lsa) ta'sirida xam tuproq strukturasi ma'lum darajada buziladi. Chunki bu suvlar tuproq tarkibidagi suvda eruvchan birikmalarni va tuproqqa solingan mineral o'g'itlarni eritadi hamda eng yaxshi koagulyator hisoblangan kal`tsiy kationini siqib chiqaradi. Yerga solingan (NH 4 NO 3 ) o'g'iti tarkibidagi ammoniy tuproqdagi karbonatlar bilan reaktsiyaga kirishib, ammoniy karbonat [(NH4) 2 SO 3 ] xosil qiladi. Ma'lumki bunda siqib chiqarilgan kal`tsiykationi tuproqdanyuvilib ketadi. Bundan tashqari, tuproqni ammoniy sul`fat [(NН 4 ) 2 SO 4 ] singari fiziologik kislotali va natriy nitrat NaNO3 kabi fiziologik ishqorli mineral Расм... Қия ерларни кўндалангига ҳайдаш Расм …. Нотўғри суғориш оқибатида структурали бщлакчаларнинг ювилиб кетиши кузатилади o'gitlar bilan bir necha yil surunkasiga o'g'itlash tuproq strukturasining buzilishiga olib kelishi turgan gap.Tuproqdagi bioximik jarayonlar: gumus hosil bo'lishi, aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz), bijg'ish (chirii) katta ta'sir ko'rsatadi. Chunki tuggroq mexanik zarrachalarini bir — biriga mahkam yoiishtirib turgan chirindi mikroorganizmlar ta'sirida aerob sharoitida batamom shakllanadi. Bu o'rinda har hil fizik — ximin va bioximik jarayonlarda hosil bo'lgan suvda eruvchan tuzlarning strukturani buzishga ta'siri juda katta. Nazorat savollari 1. Mexanik kuchlar ta'sirida strukturaning buzilishini tushuntiring; 2. Agrotexnik tadbirlarning noto'g'ri yoki rejasiz o'tkazilishi oqibatida qanday salbiy o'zgarishlar ro'y beradi? 3. Yerni noto'g'ri sug'orish va o'g'itlashning strktkraga aloqasini tushuntirib bering; 4. Tuproqdagi biokimyoviy jarayonlarning tuproq strukturasiga ta'siri; Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling