Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari


Download 7.19 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi7.19 Kb.
#1743231
Bog'liq
Tuproq - mineral elementlar manbai

Tuproq - mineral elementlar manbai

Reja:

  • Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar
  • Tuproq hosildorligi biotexnologiyasi
  • Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari
  • Tuproq mikrob senozi biologik tizimdir
  • Tuproqda mikrobsenozlari faoliyatini boshqarish. Organik va mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish.

Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar.

  • Tuproqda o‘tadigan asosiy jarayonlar biologik jarayonlardir. O‘simliklar hayotida mikroorganizmlarning roli beqiyosdir. Har ikkalasi orasida o‘zaro aloqadorlik bo‘lib, bu aloqadorlik tuproq unumdorligiga ta'sir ko‘rsatadi. Har bir o‘simlik o‘zi uchun mikrob senozini tashkil qiladi va ildiz atrofida har xil organik va mineral moddalar ajratadi.

Tuproq hosildorligi biotexnologiyasi

  • Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari. Tuproq hosildorligini tashkil etish va boshqa ishda biologik omillarning rolini brinchilardan bo‘lib tuproqshunoslik fanining asoschilari V.V.Dokuchaуev , P.A. Kostuchev, va V.R. Vilyamslar baholab berganlar.
  • Ular tuproq hayotida biologik birikmalarning roli juda ham katta ekanligi isbotlab berdilar. Bu g‘oya keyinroq S.N. Vinogradskiy, УE.N.Mmishustin. M.M. Kononova, D.G. Zvyaginsev, V.T.Emsev,D.I.Nikiten, va boshqa olimlarni izlanishlarida o‘z rivojini topdi va ancha b muncha aniqlik topdi va ancha muncha aniqlik ham kiritdi.

Hozirgi vaqtda mikroorginizmlar o‘zlarining faoliyati massasi bilan tuproq xosildorligini belgilashda asosiy rol o‘ynashi aniq bo‘lib qoldi. SHunday ekan, har xil qishloq xo‘jalik tizimida tuproq hosildorligini oshirish va uni saqlab turish, bu jarayonni boshqarish.

  • Qishloq ho‘jalik ekinlaridan unimli hosil olish jarayonini va tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‘jalik fanida yangi yo‘nalish tuproq biotexnologiyasini paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tuproq biotexnologiyasi

  • Tuproq biotexnologiyasi fanining asosiy muammosi- tuproqda, ayniqsa o‘simliklar rezosferasi va rezoplanida o‘tadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishdir. Bu muammo. Faqatgina ma'lum bir belgilangan sharoitda, ma'lum tarkibga ega bo‘lgan mikroblar assotsiatsiyasini tashkil qilish bilan belgilanadi.
  • Bu yo‘nalish tuproq sharoitida mikroorgnaizmlar tarkibini o‘rganish va boshqarish muammolariga asoslashgan bo‘lib, mikroorgnaizmlar faoliyatini boshqarish, va ular tomonidan olib borilayotgan mitobolik reaksiyalarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini xosildorligi oshirishga yo‘naltirishga taqazo etadi.

Bu muammolarni уechishni aniq yo‘llari belgilab olgan. U ham bo‘lsa qo‘yidagilar bilan belgilanadi: agronomik ahamiyatlik mikrob senoziga yoki guruh mikroorganizmlariga tashqaridan turib ta'sir qilishi boshqarish, ya'ni ularning ko‘payishi, o‘sishi rivojlanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan FFM (antibiotiklar, o‘simlikning o‘sishini boshqaruvchi moddalar) va x.k.

  • Ishlab chiqarishni tashkil qila bilish, tuproqda mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini ta'minlovchi o‘simliklar orasida almashlab ekinni tashkil qilish va shu tufayli mikrobiokimyoviy boshqarish tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarishda organik va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish

Tuproq mikrob senozi- biologik tizimidir

  • Tabiatda sodir bo‘ladigan bir qator muhim voqevalar, - biogeotsenoz, tuproqdagi organik moddalarni menerallashtir-ish, ularning hayotiy zarur biologik (modda almashinuvi) jarayonlarida ishtirokini belgilash, mikrotsenozi (ma'lum sharoitdagi mikroorganizmlarning tarkibi va faolligi) bilan belgilannadi.
  • Tuproq mikroflorasini aniqlashda, ularning tarkibi va o‘ziga xosligini belgilashda, antropogen ta'sirlarsharoitida o‘zgarishi va boshqa bir qator sharoitlarda mikrobning tuzilishi va faolligi (funksiyasi) asosiy belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Tuproqnnig mikrob senozi (tarkibi) - bu biosferaning o‘ziga xos reaktiv komponentidir. Uning yuqori reaktivligi fiziologik xilma- xilligi, o‘sish tezligi, polifunksionalligi, oqibat natijada esa modda almashinuvi , mineralizatsiyalanishi jarayonidagi beqiyos ishtiroki bilan belgilanadi.

  • Mikrob senozi- mikroblar klassifikatsiyasining katta bir bo‘lagi sifatida, bir xil sharoitda yashab turgan mikroorganizmlar to‘dasidir. Mikrorganizmlar uchun o‘ta zarur sharoitlar mikroklimat, suv rejimi, tuproqning geologik tuzilishi va ozuqa moddalri hisoblanadi.
  • Tuproqda mikrob senozi xilma –xildir. УE.N.Meshustin ularning zimogen, avtoxton, oligotrof, avtotrof, guruhlarga bo‘lib o‘rganishini tavsiya qiladi. Bu guruhlar o‘rtasidagi aloqadorlik, doimiy o‘zgarib turadi va ko‘p ma'noda tuproqqa bo‘lgan ta'sir bilan belgilanadi.

Mineral o‘g‘itlarning yuqori dozasi tuproqdagi ba'zi-bir fiziologik guruo mikroorganizimlarni, xususan aerob azot yutuvchi va anaerob sulfatreduksiya qiluvchi guruolarning faoliyati susayib ketishiga olib keladi. Organik o‘g‘itlardan alohida va mineral o‘g‘itlar bilan birga uzoq muddatda ishlatish natijasida L.A.Karyagina shunday xulosaga keladi: “mineral o‘g‘itlarni tuproq mikroflorasiga ta'siri bir qator omillarga, xususan o‘simlik vegitatsiya davrining obi-havosiga ham bog‘liq bo‘ladi”.

Adabiyotlar:

  • Abdullayev X.A. O’zbekiston tuproqlari. T:,1977
  • Boboxo’jayev.I. Uzoqov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi.
  • Boboxo’jayev I. Uzoqov P. «Tuproqshunoslik» T: Mehnat 1995.
  • Bohodirov M. Rasulov A. «Tuproqshunoslik» T: O’qituvchi 1975.
  • Кaurichev I.S. Pochvovedenie M. Кolos 1989.
  • Peyve Ya.V Bioximiya pochv M.Selxozgiz 1949.

Download 7.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling