Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalari


Download 70.49 Kb.
bet5/6
Sana15.03.2023
Hajmi70.49 Kb.
#1271957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu tuproq suv-havo xossalari

Ezish (maydalash). Bu metod birinchi marta G.F.Nefedov tomonidan (1912) ishlab chiqilgan bo’lib, u tuproq namunasini loy holiga kelgunicha ezishni taklif etadi. So’ngra tuproq tanlangan metod bilan analiz qilinadi.
Keyinchalik tuproqni analiz qilishga tayyorlashning bu metodi B.B.Dokuchayev nomidagi tuproqshunoslik institutida karbonatsiz sho’rxoklanmagan tuproqlar uchun keng qollanilgan. Bu metod shundan iboratki, chinni kosachaga 10 g quruq massa hosil bo’lguncha distillangan suv tomizib turiladi. Kosachadagi tuproq rezina uchlik o’rnatilgan dastacha bilan 10-15 min davomida eziladi. So’ngra hosil bo’lgan xamirsimon tuproq massasini teshiklari 0.25 mm li elakka solinadi va distillangan suv bilan yuviladi; undan chiqqan suv u yoki bu analiz uchun bir litrli silindrga qo’yib olinadi.
Qaynatish. Tuproqni mexanik elementlarga ajratish uchun B.R.Vil’yams va A.N.Sabanin qaynatish metodidan foydalanishgan. Bu metod, shuningdek xalqaro metodda “V” tuproqni mexanik analizga tayyorlashda quruvchilar va gruntshunoslar tomonidan tuproqni granulometrik analiz qilishda qo’llaniladi.
Qaynatish suvning qaynayotgan suspenziyadagi hajmini saqlash uchun teskari sovitgich yordamida bajariladi.
Analiz uchun 4 g quruq tuproq olib, unga 24 ml distillangan suv qo’shiladi. Aralashma teskari sovutkich o’rnatilgan. 125 sm3 hajmi erlenmeer kolbasida bir soat davomida qaynatiladi. Sispenziya qaynab chiqqandan keyin qayta loyqadan tindirish uchun teshiklarining diametri 0.25 mm bo’lgan elakdan o’tkazilib, katta chinni kosachaga solinadi.
Ultratovush metodi. Bu metod A.F.Ioffe nomidagi agrofizika instituti tomonidan ishlab chiqilgan. U sub’ertiv xatoliklarga yo’l qo’ymaydigan ma’lum afzalliklarga ega. Bu metod bilan ishlashda ham ximiyaviy reaktivlar qo’llanilmaydi, tuproq sispenziyasini ishlash uchun kam vaqt sarflanadi. Metodning kamchiligi uning juda qo’polliligidadir.
S.I.Dolgovning aytishiga qaraganda (1966) hozirgi vaqtda tuproqni mexanik analizga tayyorlashning mexanik usullari mustaqil usul sifatida kam qo’llaniladi; ezish va Ultratovush metodlari bundan mustasno bo’lib, ular tuproq massasini yetarli darajada to’liq dispergasiyalaydi.

Tuproqlarni mexanik analiz qilish metodlari.


Tuproqlarni mexanik analiz qilish dag’al empirik, vizual, elash metodlariga bo’linadi.


Mexanik analizning quyidagi metodlari eng keng tarqalgan:
a)sedimentasion metod-tuproq fraksiyalarini suvda cho’kish tezligi bo’yicha aniqlanadi (A.N.Sabaninning ikki marta namlash metodi, b.G.Glushkov, G.B.Robinzan, N.A.Kachinskiy va boshqalarning pipetkali metodi);
b) densemetrik metod-tuproq fraksiyalari tarkibini suspenziya zichligi o’zgarishi bo’yicha belgilashga moslangan bo’lib, bunda idish tubiga cho’kayotgan tuproq fraksiyalari vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. (G.F.Nefedof, G.Vigner, A.Kazagrande, S.I.Dolgov).
Bulardan tashqari tuproq namunalarini mexanik analizga tayyorlashning chayqatish metodi, kolloid-ximiya metodi (tuproqdan ba’zi tarkibiy qismlarni chiqarib tashlash yo’li bilan amalga oshiriladi) va kislota-ishqoriy metodi ham (N.A.Kachinskiy va boshqalar), shulardan eng ko’p tarqalganlarini ko’rib chiqamiz.

Tuproqning granulometrik tarkibini asboblar yordamisiz aniqlash.


Tuproqning taxminan granulometrik tarkibini qo’lda siqimlab turib aniqlash mumkin. Bu ish quyidagicha bajariladi. Bir qism tuproqni kaft orasida olib eziladi. Bunda tekshirilayotgan tuproqning tarkibi qumloq bo’lsa u oson eziladi. Bu bilan yumshoq changsimon-soz tuproq materialining oz miqdordaligi aniqlanadi. Qumli tuproqlarda soz zarrachalari butunlay bo’lmaydi.


Download 70.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling