Mexanik tarkibi
Namuna yoyilgandan keyin planda ko’rinishi
Tasma hosil bo’lmaydi-qum
Tasmaning boshlang’ichi –qumoq tuproq
Yoyish natijasida tasma maydalanib ketadi-yengil qumoq tuproq
Tutash tasma o’ralganda halqa bo’linib ketadi-o’rtacha qumoq tuproq
Tutash tasma, yoriqli halqa-og’ir qumoq tuproq
Tutash tasma, butun halqa-loyqa
1-rasm. Tuproqning granulometrik tarkibini yoyish metodi bo’yicha aniqlash (N.A.Kachinskiy metodi).
Soz tuproq juda qiyin eziladi va ezilgandan keyin ham asosan changsimon soz tuproq zarrachalari paydo bo’ladi.
Tuproqning granulometrik tarkibini siqimlab aniqlashni namlangan tuproqni yoyish metodi bilan ham to’ldirish mumkin (1-rasm). Buning uchun tuproq materialidan ozroq miqdorda olib, uni quyuq yopishqoq massaga aylangunicha namlanadi. So’ngra bu massadan diametri 1-2 sm keladigan sharchalar tayyorlanadi. Shundan keyin bu sharchalarni yoyib tasma kabi cho’ziladi va halqa shaklida keltiriladi. Agar tekshirilayotgan tuproq soz tuproqli bo’lsa, u vaqtda tasmani halqa shakliga keltirish maqsadida egilganida tayyorlangan tasmani halqa qilib egishda sinib ketadi. Qumloq tuproqdan esa faqat oson sochilib ketuvchi bo’sh sharcha hosil qilish mumkin, bunday sharchani tasma qilib yo’yib bo’lmaydi.
Demak, bu usullar tuproqning granulometrik tarkibi haqida taxminan tasavvurlargina hosil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |