Tuproq kartasini tuzishda aerokosmik haqida Topografik kartalarni tuzish. Tezkor (operativ) kartalarni tuzish
Tezkor (operativ) kartalarni tuzish
Download 24.14 Kb.
|
Tuproq kartasini tuzishda aerokosmik ma`lumotlardan foydalanish
Tezkor (operativ) kartalarni tuzish. Tezkor kartalarni tuzishda aerokosmik ma’lumotlarning o‘rni juda katta hisoblanadi. Bunday kartalar tuzishda masofadan turib olingan ma’lumotlarga (kosmik suratga) tezkorlik bilan avtomatik ravishda ishlov berilib kartografik o‘lchamlarga keltiriladi. Eng taniqli tezkor kosmofotokartalardan biri meteorologik kartalar hisoblanadi. Tezkor tarzda ma’lum qisqa vaqt ichida o‘rmon yong‘inlari, suv toshqinlari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni, kasalliklari va boshqalarni tezkor (operativ) fotokartalarini tuzish mumkin. Bulardan tashqari ekologik xolatlar, tabiiy va antropogen jarayon va xodisalar tezkor kartalarini ham tuzish mumkin. Kosmofotokartalar yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlarini pishib etilishi, hosildorligi, qor qoplamini hosil bo‘lishi, tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari, sel, lavina va boshqalar shularga o‘xshash xodisalarni o‘rganish va kuzatish uchun foydalaniladi..
Atrof-muhitni va uning alohida komponentlarini hozirgi xolatini masofadan turib olingan ma’lumotlar va kartalar asosida kuzatish, o‘rganish va nazorat qilish aerokosmik monitoring deb yoki kartografo-aerokosmik monitoring deb yuritiladi. Kosmik monitoring vaqtida jarayon, voqea va hodisalarni kuzatibgina qolmasdan, ularni rivojlanishi, ma’lum hududlarda tarqalishi va ularni holatini, ya’ni sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini baholab, xavfli oqibatlarga olib keluvchi natijalarni oldini oluvchi chora-tadbirlarni ilmiy asoslangan ravishda ishlab chiqarishga yordam beradi. Ma’lum geografik hududdagi voqea, xodisa va jarayonlarni dinamikasini baholash va bashorat qilish uchun asos yaratiladi. SHuning uchun tezkor (operativ) kartaga olish va operativ fotokartalar tuzish tabiiy va antropogen jarayon, voqea va xodisalarni rivojlanishini nazorat qilish vositasi, hamda ularni boshqarishda to‘g‘ri qarorlarni qabul qilishni ta’minlovchi asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Kartografik asarni ishlab chiqish jamoa tomonidan olib borilishi sababli, kartografiyada avtorlik (mualliflik) xuquqi masalasi mazmunan va yuridik jihatda muhimdir. Har qanday original kartaning avtori (muallifi) uning mazmunini ishlab chiqgan yoki yaratgan kartograf yoki shu soha mutaxassisi hisoblanadi. Murakkab kartalarni, kartalar seriyasini va atlaslarni yaratishda bir kishi emas, balki avtorlar jamoasi, kartograflar, soha mutaxassislari avtor bo‘lishi mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, kartografik asarlarni yaratishda karta redaktorining roli juda katta va muhim. U avtorlar jamoasini shakllantiradi, dasturni ishlab chiqishda rahbarlik qiladi, ishni taqsimlaydi, ish borishini kuzatadi va kartani tuzish va muxarrirlik qilishni to‘liq nazorat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, redaktor kartani loyihalaydi, barcha karta tuzish ishlarini tashkil etadi, so‘ngra kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish ishlarini nazorat qiladi. SHu sababli kartaning avtorlik huquqi faqat soha mutaxassisiga emas balki redaktor-kartografga ham berilishi mumkin. Topografik va umumgeografik kartalar 2 xil yo‘l bilan yaratiladi. 1. Dalada bevosita geodezik asboblar yordamida yirik masshtabda topografik plan olish (s’yomka) yo‘li bilan karta tuzish. 2. Kameral (laboratoriya holatida) sharoitda statistik ma’lumotlar va kartografik manbalarni qayta ishlash va generalizatsiya qilish asosida o‘rta va mayda masshtabli kartalarni tuzish. Dalada yaratilgan yirik masshtabli kartalar davlat tomonidan topografik-geodezik tashkilotlar yordamida tuziladi. Topografik plan olish maxsus instruksiya va qo‘llanmalar asosida bajarilib, aerokosmik suratlarni deshifrovka qilish jarayoni bilan birga bajariladi. Kameral sharoitda karta yaratishda dalada yaratilgan plan va kartalarni, aerokosmik suratlarni, statistik ma’lumotlarni tahlil qilib, tuzilayotgan kartani mazmuni va maqsadiga loyiqlaridan foydalaniladi. Kameral sharoitda karta yaratishning birinchi bosqichi kartani loyihalash konsepsiyasini ishlab chiqishdan, dasturini tuzishdan va kerakli hamma xujjatlarni tayyorlashdan iboratdir. Bu bosqich kartani loyixasini yaratish bilan tugallanadi. Loyixada quyidagi jarayonlar o‘z ifodasini topadi (6-jadval): kartani maqsadi va unga qo‘yiladigan talablar; karta yaratish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tanlash, taxlil qilish va baholash; kartasi tuzilayotgan hududni o‘rganib, tasvirlanayotgan voqea va xodisalarni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; karta dasturini (programmasini) tayyorlash. Keyingi bosqich kartani tuzish, ya’ni kartani dastlabki nusxasini tayyorlashda bajariladigan kompleks ishlar. Bunda kartani tuzish uchun ishlatiladigan proeksiya, komponovka va masshtab, shartli belgilar tizimi tanlanib, generalizatsiya jarayonlari aniqlanadi. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: kerakli manbalarni tayyorlab, ularni qayta ishlash; kartaning matematik asosini ishlab chiqish; kartaning mazmuni va legendasini ishlab chiqish; dastlabki nusxani texnik jixatlarini tayyorlash, generalizatsiya qilish; kartani jihozlash; kartani tuzishni hamma bosqichlarida taxririy va tuzatish ishlarini olib borish. Oxirgi bosqich - kartani nashrga tayyorlash va kartani nashr qilish hamda uni ko‘paytirishdan iborat (poligrafik yoki kompьyuter grafikasi yo‘li bilan). Kartografiyada nashrga tayyorlash va nashr qilish jarayoni 2 ta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: poligrafik jarayonlarni ta’minlash uchun kartaning nashrli originallarini tayyorlash; bosma shaklini tayyorlash va dastlabki karta originalini (nusxasini) olish; kartani tirajini chop etish; kartani nashr qilish nushasini tayyorlash va uni nashr qilish barcha jarayonlarida taxririy va tuzatish ishlarini olib borish. YUqorida ko‘rsatilgan ishlar bajarilib, mutaxassislar va buyurtmachilar tomonidan mulohaza qilinib, tasdiqdan o‘tgandan so‘nggina karta loyihasi va dasturi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi va karta tuzish bo‘yicha ishga kirishiladi. Atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: atlaslarni maqsadi va mazmunini aniqlash; atlasni tuzish konsepsiyasini yaratish; atlas kartalarining ro‘yxatini aniqlash; matematik asosni ishlab chiqish; maket komponovkani tayyorlash; kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro‘yxatini tuzish; kartalar mazmunini ishlab chiqish va tasvirlanadigan tafsilotlar (ob’ektlarni) voqea va hodisalarni tavsiflab, aniqlash; shartli belgilarni ishlab chiqish; atlas kartalarini badiiy jihatdan jihozlash yo‘llarini ishlab chiqish; atlasning ustki qismini, ya’ni muqovasini va karta komponovkasidagi ochiq joylarni surat va rasmlar bilan bezash va boshqalar. Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling