Kartalarni loyixalash, tuzish va nashr qilish
(asosiy bosqichlar)
6-jadval
Kartani yaratish etaplari
|
Ishlarni bosqichlarga bo‘linishi
|
Har bir etapdagi ishlarni natijasi.
|
Loyixa-lash
|
-karta talablarini aniqlash va xomaki dasturini tuzish;
-manbalarni to‘plash, tahlil qilish va baxolash;
-kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni o‘rganish;
-kartani dasturi (loyihasi) ni tuzish.
|
Kartani dasturi
(yoki loyihasi)
|
Tuzish
|
-manbalarni tayyorlash va qayta ishlash.
-kartani birinchi originalini yaratish (matematik asosni yaratish, mazmunini manbalardan o‘tkazish, uni generalizatsiya va taxt qilish).
|
Kartani originali
(dastlabki nushasi)
|
Kartani nashrga tayyorlash
|
-nashr qilish originalini ishlab chiqish (yoki originallarini);
-poligrafiya jarayonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordamchi ishlar;
-shtrixli va rangli namunalarni ishlab chiqish.
|
Nashr qilish originallari va yordamchi maketlar
|
Nashr qilish
|
-bosma formalarini ishlab chiqish va namunalarni olish;
-kartani bosish (nashr qilish).
|
Kartani bosilgan ottisklari
|
Kartani yaratishning barcha jarayonlarida (bitta karta, tizim kartalari yoki atlas) karta yaratishni rejalashtirishdan, to uni bosib chiqarishgacha bo‘lgan barcha ishlar hozirgi zamon kartografik ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislar bilan kartograflar kollektivi birgalikda ish olib boradilar. Bunda kartograflar, geograflar (atlas kartalari mavzusi bo‘yicha, geologlar, ekologlar, tuproqshunos va boshqalar), geoinformatika xodimlari, injener-texnik xodimlar, korrektorlar, poligrafistlar, hatto iqtisodchilar bilan birgalikda ish olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |