Tuproq qoplamining mintaqalarda tarqalishi Reja


Download 26.96 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi26.96 Kb.
#1560120
  1   2   3
Bog'liq
Tuproq qoplamining mintaqalarda tarqalishi Reja




Tuproq qoplamining mintaqalarda tarqalishi
Reja :
1.Tuproqlar klassifikatsiyasi, taksonimik birliklar.
2.Tabiat mintaqalari tuproqlari.


Tauproqlar klassifikatsiyasi va taksonimik birliklar


Ma‟lumki, tuproqlarni hosil bо„lishi, rivojlanishi, xossa va xususiyatlarini shakllanishida iqlim, о‟simlik va hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar muhim rol о„ynaydi.
Yer sharining har bir alohida olingan qismida ma„lum о„lchovdagi iqlim sharoitlari va shu sharoitga moslashgan о„simlik va hayvonot dunyosi mavjud. Iqlim sharoiti ekvatordan qutblarga tomon ma‟lum kengliklarni egallagan holda alohida mintaqalar tomon о„zgarib boradi va shu bilan bir-biridan farq qiluvchi xilma-xil tabiiy sharoitlarni yuzaga keltiradi. Masalan: chо„llarda quruq va issiq iqlim sharoitlarida о„simliklarni nihoyatda siyrak, past bо„yli, tikanli bо„lib rivojlanishiga olib kelgan. О„rmon mintaqasida esa sernam sharoit va unga moslashgan daraxt о„simliklari tarqalgan. Qolaversa, bu mintaqalarda tо„planayotgan organik qoldiqlar miqdori, xili va ularni parchalanish (chirish) sharoitlari ham bir xil bо„lmaydi.
Bu о„z navbatida hosil bо„layotgan tuproqlarni ham о„ziga xos tarkib va tuzilishga ega bо„lishini ta„minlaydi. Yer yuzasida tabiiy sharoitlarni xilma-xilligi tuproqlarni ham juda xilma – xil bо„lishini yuzaga keltirgan.
Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev birinchi bor bunday о„zgarishlarning mohiyatini о„rganish asosida tabiatda tuproqlarni turli tuman bо„lishi geografik qonuniyat asosida rо„y berishini ta‟kidladi.
U о„zining «Tabiat zonalari tо„g„risidagi ta‟limot» asarida shunday deb yozgan edi: “.....Quruqlikda eng muhim tuproq hosil qiluvchi sharoitlar kengliklarga paralel bо„lgan mintaqalar yoki poyalar xolida tarqalgan ekan, tuproqlar ham iqlim, о„simlik va boshqalarga bog„liq holida joylashishi lozim...” V.V.Dokuchayev tuproqlarni tarqalishida quyidagi qonuniyatlarni ilgari suradi.
1.Gorizontal mintaqalanish qonuniyati. Bunda tuproqlar kenglik bо„ylab keng maydonlarni egallagan holda alohida mintaqalar holida joylashadi.
2.Vertikal mintaqalanish qonuniyati. Bu haqda V.V.Dokuchayev shunday deydi: Dengiz sathidan eng baland tog chоqqilariga kоtarilishi bilan tuproqning vertikal mintaqalari tekislikda ekvatordan qutbga tomon оzgarganday izchillik bilan almashinadi».
Vertikal mintaqalanish murakkab xususiyatga ega bо„lib, u tog„ tizmasini qaysi iqlim mintaqasida joylashganligiga, uning absolyut balandligiga va yо„nalishiga bog„liq holda о„zgaruvchan bо„ladi.
3. Introzonallik qonuniyatida ayrim tuproqlar alohida mintaqa holida bо„lmay, boshqa mintaqalar ichida tarqalgan bо„ladi. Masalan: shо„rlangan, botqoq tuproqlarni introzonal tuproqlar deyish mumkin.
Оz-оzidan kо„rinib turibdiki, quruqlikda juda xilma-xil tuproqlar tarqalgan. Ularni оrganish va foydalanish uchun bu tuproqlarni ma‟lum sinf yoki guruhlarga ajratish zarur. Shuning uchun ham tuproqshunoslik fani paydo bо„lgan davrdan boshlab tuproq klassifikatsiyalarini ishlab chiqish masalasi fandagi asosiy masalalardan biri bо„lib hisoblanadi.
Tuproqlar klassifikatsiyasi tuproqlarni hosil bо„lishi, rivojlanishi, muhim xossalari va unumdorlik darajalariga kо„ra guruhlarga ajratishdan iborat.
Dastlabki klassifikatsiya V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan bо„lib, u tuproqlarni 3 sinfga: normal, о„tuvchi va anormal sinflarga ajratdi.
Keyinchalik N.M.Sibirsev bu klassifikatsiyani о‟zgartirgan holda zonal, introzonal va azozonal sinflarni ajratdi. Bu klassifikatsiyalar genetik klassifikatsiyalar nomini oldilar. Keyinchalik, tuproqlarning genetik klassifikatsiyasi yangicha ma„noda bir qator tuproqshunos olimlar tomonidan tavsiya etila boshladi.
K.D.Glinka, G.N.Visotskiy, S.A.Zaharov, P.S.Kossovich, K.K.Gedroys, S.S.Neustruev, B.B.Polinov, V.A.Kovda va boshqalarning tavsiya etgan klassifikatsiyalari shular jumlasidandir.
Ishlab chiqilgan klassifikatsiyalar keyingi davrda taksonomik birliklar bilan tо„ldirildi. Bu о„z navbatida har bir tuproqni paydo bо„lishi rivojlanishi, tarkibi, xossalari va unumdorlik darajasi tо„g„risida tо„la ma‟lumot olishga va har bir tuproqdan foydalanishda aniq tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Hozirgi kunda klassifikatsiya tizimiga qо„shimcha tuproq tipi, tipchasi, turi guruhi va xili singari birliklar qabul qilingan.
Tuproq tipi- eng yirik birlik bо„lib u bir xildagi gidrotermik sharoitda rivojlanishning alohida bir yо„nalishida hosil bо„lgan tuproqlardan iborat. Har bir tabiat mintaqasining о„ziga xos tuproq tipi mavjud. Bir mintaqada hosil bо‟lgan tuproqlar boshqa mintaqada uchramaydi.
Tipcha-tip ichidagi tuproq paydo bо„lish jarayonining sifati yо„nalishi bilan farq qiluvchi va tuproq tipi orasidagi о„tuvchi bosqichni kо„rsatuvchi birlik. Masalan: Bо„z tuproq ichida uning och tusli, tipik tо„q tusli tipchalari ajratiladi.
Tur-tipcha ichida ajratilib, u tuproq hosil bо„lish jarayonining darajasini kо„rsatuvchi birlikdir. Masalan: Tuproq chirindi qatlamining qalinligi, shо„rlanish yoki eroziyalanganlik darajasi va shunga о„xshash ayrim farqlar tur darajasidagi taksanomik birlik bilan ajratiladi.
Guruh-tuproq hosil bо‟lish jarayonida ishtirok etayotgan ona jins xususiyatini belgilaydi.
Xil-eng kichik birlik bо„lib unda tuproqlar bir-biridan tarkibiga kо‟ra ajratiladi.
Demak, har bir tuproqni tо„g„ri va puxta о„rganish uchun dastlab biz uni qaysi tip yoki turiga mansub ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Chunki tuproqlarni о„rganish davomida tо„plangan ma„lumotlar ulardan tо„g„ri foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish uchun asos qilib olinadi va bu tadbirlar faqatgina mana shu tuproqlardagini qо„llanishi mumkin.

Download 26.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling